Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik huquq himoyachisi Shvetsiyaning «Nobel»ga muqobil mukofotini oladi
Huquq himoyachisi Oleksandra Matviychuk muqobil Nobel mukofoti deb ataladigan «To‘g‘ri turmush tarzi uchun» Shvetsiya mukofoti laureati bo‘ldi.
«Fuqarolik erkinliklari markazi» Ukraina tashkiloti rahbari va «Yevromaydan SOS» tashabbus guruhi koordinatori Oleksandra Matviychuk «Ukrainada barqaror demokratik institutlarni barpo etgani uchun» («To‘g‘ri turmush tarzi uchun») Shvetsiya mukofoti bilan taqdirlanadi. U harbiy jinoyatlar uchun xalqaro javobgarlikni jalb qilish yo‘llarini modellashtirgan. 29 sentabr, payshanba kuni Stokholm shahar teatrida muqobil Nobel mukofoti deb nomlanuvchi mukofot g‘oliblari e’lon qilindi.
Matviychuk bilan birgalikda mukofot somalilik huquq faollari Fartuun Adan va Iivad Elmanga - «terrorizm va gender zo‘ravonliklariga qarshi Somalida tinchlik, demilitarizatsiya va inson huquqlarini targ‘ib qilgani uchun», Venesuelaning Cecosesola tashkilotiga - «foydaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ishonchli alternativ sifatida adolatli va kooperativ iqtisodiy modelni yaratgani uchun» va Afrika energetikani boshqarish institutiga - «iqlim adolati va Ugandadagi qazib olish energetika loyihalari tomonidan buzilgan odamlarning huquqlariga oid jasoratli faoliyati uchun» beriladi.
2021 yilda rossiyalik ekolog va faol, Rossiyaning «Ekozashchita!» jamoat tashkiloti hamraisi Vladimir Slivyak Right Livelihood Award mukofoti sovrindori bo‘ldi. U «hatto avtoritar Rossiyada ham ommaviy jamoatchilik tashabbuslari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarga samarali qarshilik ko‘rsatishi» mumkinligini ko‘rsatdi. Boshqa loyihalar qatorida u mamlakatdagi birinchi faollardan biri bo‘lib, Germaniyadan Rossiyaga uranni olib kirish masalasiga e’tibor qaratdi. 2014 yilda Rossiya hukumati «Ekozashchita!»ni «chet el agenti» deb tan oldi, tashkilot a’zolaridan biri, ekolog Aleksandra Koroleva jinoiy ta’qib tufayli Germaniyadan siyosiy boshpana so‘rashga majbur bo‘ldi.
Bir yil oldin «To‘g‘ri turmush tarzi uchun» mukofoti «Vesna» inson huquqlari markazi asoschisi, belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiyga topshirilgan edi. Tashkilot faollari Belarus hukumati tomonidan bir necha bor tazyiqlarga uchragan - masalan, 2011 yilda Belyatskiy soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, mol-mulki musodara qilingan holda 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yevropa ittifoqi davlatlari, AQSh va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari hukmni siyosiy asosga ko‘ra, Belyatskiyni esa siyosiy mahbus deb atadi. Xalqaro hamjamiyat bosimi ostida u 2014 yilning yozida erta ozod etildi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026