BBC özbek xizmatiga Asaka şahridagi UzAuto Motors zavodi işçilaridan şikoyat xati kelib tuşgan. Naşr şikoyat xati egasi va uning uç nafar hamkasbi bilan suhbatda bölib, bu da’volarga munosabatini söragan.

“Biz, Asaka şahridagi UzAuto Motors (eski nomi GM Uzbekistan) avtomobil zavodi işçi xodimlari, zavodimizda bölayotgan qonunbuzilişlar, inson huquqlarining poymol qilinişiga jim qarab tura olmay, barça işlardan keng ommani xabardor qiliş va şu orqali qonun himoyaçilarining şu masalaga e’tibor qaratişlarini xohladik.

Xullas, barçasi avtosanoat tizimiga rais etib prokuratura organi xodimi Şavkat Umrzoqov tayinlanişi bilan boşlandi. Avvaliga tizimdagi korrupsiya, avtomobil sotişdagi “şapka” muammolarini hal qiliş, iş şaroitlarini yaxşilab, oylik maoşlarni kötarişni va’da qilgan rais tizimga özi bilan prokuratura xodimlarini olib kirdi. Asosiy rahbarlik lavozimlari avtosanoatdan umuman yiroq bölgan organ xodimlari va ularning taniş-bilişlariga topşirildi”, deydi xat muallifi.

U zavodda “işçilar ustidan nazorat keskin kuçaygani”ni aytib, holat “haqiqiy feodalizmdan zarraça farq qilmayotgani”ni bildirgan. Xodimning fikriça, bunga sabab – rais öz oldiga juda katta işlab çiqariş rejasini qöyganidir.

“Deyarli bir yildan beri ikki smenada işlayotgan işçilar bir oyda 300 soatga yaqin işlaşlariga töğri kelyapti. Bu öta darajada yuqori. Töğri, oşiqça iş soatlariga ortiqça pul tölab berilyapti, lekin tiklab bölmas soğlik qöldan boy berilmoqda. Işçilar kasal bölib davolanişga majbur bölyapti. Ortiqça iş soatlari hisobiga oddiy işçilar 5-6 million maoş olmoqda. Taşqaridan qaralsa, bu yaxşi oylik, lekin nimaning hisobiga?! 160-170 soatga 2,5 million söm atrofida oylik beradi. Işçilarning köpçiligi kredit oladi, kreditlarni yopiş uçun ham har qança işlaşga rozi bölişyapti.

Iş soatlarini qisqartirib oylik-maoşlarni oşiriş haqidagi savollarga esa “xohlasang şu, xohlamasang katta köça, taşqarida işlayman deb yurganlar köp” degan javob qaytarişadi rahbarlar”, – deydi murojaatçi.

Naşr suhbatlaşgan boşqa işçilar ham iş yuklama kattaligi, lekin işçilar soni bunga mos emasligini aytişgan.

Telefon suhbatida bir zavod işçisi uzoq işlagani sababli maşina boşqarayotganda özini bilmay, rulda uxlab qoliş hollari bölayotganini aytgan. U BBC'ga öz mehnat şartnomasida işlaş soatlari haqida nima deyilganidan bexabar ekanini bildirgan.