Xöş, haj va umra vaziri Özbekistonga nima uçun keldi? Taşrifdan qanday yangilik va yengilliklar kutilyapti?

Taşrifning ilk kuni Toşkentdagi «Simpoziumlar saroyi»da Tavfiq bin Favzon ar-Robia bilan Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev va muftiy Nuriddin Xoliqnazarov iştirokida muloqot bölib ötdi.

Uçraşuvda Imom Buxoriy yod etilgan, joriy yilda Haj ziyoratçilari 12 mingdan, umra qiluvçilar soni 40 ming nafardan oşgani e’tirof qilingan.

Rasmiy xabarga köra, asosiy mulohazalar özbekistonlik ziyoratçilar uçun xizmat körsatiş sifatini oşiriş, hamkorlik va Saudiya fuqarolarini Özbekistonning qadimiy şaharlariga ziyoratlarini taşkil etiş böyiça takliflar borasida bölgan.

Şuningdek, muloqotda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi va Din işlari böyiça qömita örtasida memorandum tuziş masalasi körib çiqilgan.

Bugun, 29 sentabr kuni esa Toşkentda sayyohlik agentliklari uçun ziyoratçilar sayohatini osonlaştirişga möljallangan integratsiyalaşgan raqamli platforma – Nusuk'ning taqdimoti bölib ötdi.

Nusuk nima? Uşbu platforma yordamida butun dunyo böylab ziyoratçilar va boşqa sayyohlar ham elektron vizaga murojaat qilişi, mehmonxonalar va reyslarni bron qilişgaça bölgan barça taşriflarini bemalol taşkil qilişi mumkin. Ya’ni siz mustaqil ravişda veb-sayt yoki mobil dastur orqali visa-biletlarni olib, Saudiyadan mehmonxona, muqaddas joylarga navbat bilan kiriş kabilarni band qila olasiz.