Prezidentning “Xalqaro şartnomalarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 21 iyun kuni Toşkent şahrida imzolangan quyidagi xalqaro şartnomalar:
- Özbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati örtasida sanoat sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim;
- Özbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati örtasida mintaqalararo hamkorlik töğrisidagi bitim tasdiqlanadi.
Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi mazkur xalqaro şartnomalarni amalga oşiriş yuzasidan mas’ul bölgan vakolatli organlar etib belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston tomonidan mazkur xalqaro şartnomalar kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilgani töğrisida Ozarboyjon tomoniga tegişli bildirişnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur xalqaro şartnomalar kuçga kirgandan keyin ular qoidalari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.












