Hafta davomida Ukraina qurolli kuçlari strategik muhim ahaimiyatga ega bölgan şahar tipidagi Kupyansk-Uzlovoy posyolkasini va Oskol daryosi böyidagi aholi yaşaş manzillarini Rossiyadan qaytarib oldi. Bu daryo ustidan ötgan köprik (u orqali harbiy texnikalar ötişi ham mumkin edi) hozirda butkul vayron etilgan. Kupyansk tumani markazini ukrain harbiylari avvalroq ozod etgandi, ammo Xarkiv oblastining kiçik qismi hamon rossiyaliklar istilosi ostida qolmoqda. 29 sentabr kuni Rossiya qurolli kuçlari Kramatorskka raketa zarbalari yölladi: Ukraina hukumatiga köra, kamida 11 kişi yaralangan. Rossiyada safarbarlik davom etmoqda — çaqiruv qoğozi olgan rossiyaliklarning bir qismi turli regionlarda öquv maşğulotlari ötamoqda. Ammo safarbar qilingan rossiyaliklarning bir qismi allaqaçon frontga olib kelingani haqida ham xabarlar bor.
Quyida 29 sentabr, uruşning 218-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kupyansk ukrain harbiylari tomonidan ozod etilganidan keyin

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


























