Vladimir Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarining annexia qilinişi munosabati bilan sözlagan nutqida Kiyevni «zudlik bilan öt oçişni töxtatiş» va «muzokaralar stoliga qaytiş»ga çaqirdi.

«Biz Kiyev rejimini zudlik bilan öt oçişni va u 2014 yilda boşlagan barça harbiy harakatlarni töxtatişga hamda muzokaralar stoliga qaytişga çaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. <…> Ammo Donetsk, Lugansk, Zaporojye, Xerson aholisining tanlovi muhokama qilinmaydi. Tanlov qilib bölingan. Rossiya ularga xiyonat qilmaydi», degan u.

Putinning qayd etişiça, Rossiya muzokaralarda öz tarkibiga qöşib olinayotgan hududlar taqdirini muhokama qilmoqçi emas.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning ukrainlarning bosib olingan hududlarini annexia qilişga urinişlari muzokara jarayonini yakunlaşni anglatişi haqida aytgandi. 28 sentabr kuni u uruş faqat Rossiya egallab olgan barça hududlar ozod etilgandagina tugaşi mumkinligini aytgandi.