Toşkent şahrida Kiçik halqa avtomobil yöli içida joylaşgan barça köçalarda transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometrgaça çeklanadi. Şahar kengaşi doimiy komissiyasi şunday xulosaga kelgan. 

Bundan taşqari, Alişer Navoiy, Maxtumquli, Amir Temur, Kiçik halqa avtomobil yöli, Islom Karimov, Taras Şevçenko, Bobur va Furqat kabi markaziy köçalarning bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yölida tezlik 50 km/soat deb belgilanişi mumkin.

Bundan maqsad – harakat xavfsizligini tölaqonli ta’minlaş, ölim bilan boğliq YTHlarning oldini oliş va kamaytiriş, şuningdek, harakat iştirokçilari uçun yetarli darajada qulay şaroitlar yaratiş hisoblanişi qayd etilgan.

Doimiy komissiya kiritgan masala şahar kengaşining navbatdagi sessiyasida körib çiqiladi.

Ma’lumot uçun, hozirda Özbekistondagi aholi yaşaş manzillarida ruxsat etilgan tezlik 70 km/soat hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 16 sentabr kungi yiğilişida Toşkent şahar IIBB YHXBning poytaxtning ayrim köçalarida harakatlaniş belgilangan tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soat qilib belgilaş taklifiga rozilik bildirilmagan va ayrim deputatlar bunga qat’iy e’tiroz bildirişgandi. Şu tufayli kengaş bu masalani körib çiqişni keyinga qoldirgandi.