Ukraina hududlarini annexia qiliş Kremlga nega kerak? Kiyev bunga qanday javob beradi?
|17:17 / 30.09.202241 0859 min
30 sentabr kuni Ukrainaning tört hududi Rossiya tomonidan rasman annexia qilinişi mumkin. Agar bu reja amalga oşsa, keng kölamli bosqin boşlanganidan beri mojaroning eng jiddiy eskalatsiyasi yuzaga keladi.
Eskalatsiyaning maqsadi ayon: Rossiya rasmiylari Ukraina rahbariyati va Ğarb oldiga kesib ötilmasligi kerak bölgan yangi «qizil çiziq»ni tortişga urinmoqda.
Moskva «yangi qöşib olingan rus yerlari»ni himoya qiliş uçun barça kuç va vositalardan foydalanişini allaqaçon va’da bergan. Biroq, aynan hozir Kremlda raqiblarni uşbu «qizil çiziq» daxlsizligini hurmat qilişga majburlovçi işonçli vositalar yöq.
Ammo Kiyev va Ğarb öz eskalatsiyasi bilan javob berişga tayyorligi aniq: Qöşma Ştatlar Ukraina qurolli kuçlariga qurol-yaroğ yetkazib berişni köpaytiradi, Ukraina armiyasi esa Rossiyaning «yangi sub’yektlari»ga hujumni davom ettiradi.
Kreml bunga yanada kuçli eskalatsiya bilan javob berişi mumkin. Voqealar rivojini oldindan taxmin qiliş qiyin.
Kreml Ukraina qurolli kuçlari hujumini töxtatiş uçun annexiaga muhtoj, toki front safarbarlik ta’sirini his qilmagunça
Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuçlarining mamlakat şarqi va janubidagi hududlarni deokkupatsiya qilişga qaratilgan hujumlarini töxtatişga urinmoqda. Ayni vaqtda Rossiya armiyasi buning uçun frontda kuç va vositalarga ega emas: safarbarlik e’lonini 6 oyga keçiktirgan Kremlning qat’iyatsizligi öz ta’sirini ötkazdi. Ukraina hukumati, aksinça, safarbarlikni vaqtida amalga oşirdi (va buni davom ettirmoqda). Bu Rossiyaning frontdagi quruqlik kuçlari soni böyiça Ukraina qöşinlaridan sezilarli darajada kamayib qolişiga olib keldi.
Rossiya Xarkiv viloyatida bosib olingan hududlarning katta qismini yöqotganidan söng (Moskva buni osonlikça qabul qilgandek tuyuldi), Ukraina qurolli kuçlarining hujumi töxtamadi. Endi Ukraina qöşinlari Donetsk viloyati şimolida oldinga siljimoqda va Luhansk viloyatining şimolini (Svatovo, Starobelsk, Severodonetsk va Lisiçansk tumanlari) tezroq deokkupatsiya qilişga urinmoqda.
Rossiyada e’lon qilingan «qisman safarbarlik» (aslida töliq safarbarlikka öxşayapti) muammoni darhol hal qila olmaydi: xizmatga çaqirilganlarning barçasi tayyorgarliksiz harbiy qismlarni töldiriş uçun frontga yuborilmaydi. Köpçiligidan yangi qismlar taşkil etiladi, bunga bir neça oy kerak böladi. Aynan şu holat Ukrainada kuzatilgandi, yozda u yerda ikkita armiya şakllandi: biri kam sonli va yaxşi qurollanmagan holda frontda rus armiyasi hujumini töxtatişga urindi, ikkinçisi, Ğarbning yangi qurollari va texnikasi bilan ta’minlangan holda kuzgi hujumga tayyorlandi, jumladan, xorijdagi poligonlarda ham.
Mavzuga oid
Hozirgi şaroitda Kreml keskinlikni oşirişga qaror qildi. Rossiya rasmiylari endi bu uruşni AQŞ va NATO iştirokidagi mojaro deb atamoqda. Bunday töqnaşuvda Rossiya qurolli kuçlari endi qudrati böyiça duşmandan ustun tomon emas (uruş boşida Ukrainadan ustun edi), aksinça, kuçsizroqdir.
Aynan şunday holat uçun 1980-yillardan boşlab, sovet, keyin esa rossiyalik harbiy nazariyotçilar yuqori aniqlikdagi qurollarning katta zaxiralariga ega bölgan ança kuçliroq duşmanni tiyib turişga qaratilgan yangi tizimni işlab çiqişgan.
Kreml eskalatsiya yordamida NATO va Ukrainani qörqitmoqçi. Hozirça muvaffaqiyatsiz, demak, çoralar yana kuçaytiriladi
Uşbu «tiyib turiş tizimi» duşmanni töxtatiş uçun turli an’anaviy va yadroviy vositalaridan foydalanişni (va foydalaniş tahdidini) nazarda tutadi. Uşbu tizimni qöllaşdan maqsad harbiy salohiyatni emas, balki «duşmanning uruşni davom ettiriş iştiyoqi»ni söndiriş bölişi mumkin.
Şu ma’noda, hududlarni qöşib oliş (ya’ni Rossiya tarkibiga kiritiş va ularga nisbatan Rossiya suverenitetini tatbiq etiş) va Putinning ularni bor kuç va vositalari bilan «himoya qiliş» va’dasi – Ukraina va uni qöllab-quvvatlovçi NATO mamlakatlarini «tiyib turiş» operatsiyasining boşlanişidir.
Kreml uçun muammo şundaki, Kiyev ham, NATO ham annexia töğrisidagi şartnomalarga oddiy imzolar bilan çizilgan yangi «qizil çiziq» bilan töxtamaydi.
Şubhasiz, Ğarb bunga özining eskalatsiyasi bilan javob beradi (aniqroği, allaqaçon javob berdi, Ukraina qurolli kuçlaridagi HIMARS/MLRS raketa zarbasi tizimlari sonini ikki barobar oşiriş, şuningdek, zamonaviy havo mudofaa tizimlarini yetkazişga va’da beriş bilan).
Ehtimol, HIMARS tizimlari uçun möljallangan va frontdan yuzlab kilometr uzoqlikdagi nişonlarga zarba berişga qodir ATACMS tezkor-taktika raketalarini yetkazib berilişiga navbat yetişi ham mumkin (ilgari Qöşma Ştatlar uşbu raketalarni yetkazib berişdan bir neça bor boş tortgan, Rossiya hukumati esa bunday ehtimoliy ta’minotni «qizil çiziqni kesib ötiş» deb atagan edi).
Ukraina Luhansk viloyati şimolidagi hujumlarini davom ettirmoqda va Limanda (Donetsk viloyati) rossiyaliklarning katta guruhini qurşab olişga harakat qilmoqda. Muntazam safarbarlik ham davom etadi. Ukraina rasmiylari 30 sentabr kuni Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişida annexiaga javoban töliq çora-tadbirlar paketini muhokama qilmoqçi.
Moskvadagi Carnegie Moscow Center sobiq rahbari, hozir esa Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini oqlaşga urinayotgan siyosiy nazariyotçi Dmitriy Treninning sözlariga köra, «Ğarb qörquvni yöqotdi».
«Amerikalik hamkasblar qayta-qayta va norasmiy ravişda şunday deyişdi: «Biz haqiqatan ham tahdid yarata olasiz deb öylagandik, lekin aslida bu blef bölib çiqdi. Şunday ekan, nega endi özimizni çeklaşimiz kerak? Agar jiddiy gapiradigan bölsak, duşmanni [qörquvdan taşqari] boşqa heç narsa uşlab turolmaydi», dedi u.
Bunday mantiq şuni körsatadiki, Kreml Ğarb va Ukrainani «tiyib turiş» uçun «barça kuç va vositalarni işga soliş»ga haqiqatan ham tayyor ekani töğrisidagi tahdidlarni oşirib boradi.
Kreml stolida yangi sanksiyalardan tortib yadroviy zarbaga qadar turli variantlar bor. Ammo ularning heç biri ğalabani va’da qilmaydi. Annexia esa tinçlikka olib boruvçi yölni kesib taşlaydi
Rossiya hukumati imkoniyatida bölgan «kuç va vositalar» röyxati katta emas:
Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarşi ommaviy zarbalarni boşlaş. Putin 16 sentabr kuni Xarkiv va Kremençugdagi elektr stansiyalariga berilgan zarbalarni Ukraina rahbariyati uçun «ogohlantiriş» deb atadi. Ehtimol, aynan energetika (eng zaif) infratuzilmasi zarbalar nişoniga aylanişi mumkin.
Strategik bölmagan yadro qurollari bilan zarba beriş yoki bunday zarba bilan tahdid qiliş, şuningdek, bunday qurollardan kimsasiz hududlarda namoyişkorona foydalaniş.
Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan Ğarb davlatlariga qarşi iqtisodiy çoralarni qöllaş. Masalan, qişda Rossiyaning energiya eksportiga qöşimça çeklovlar qöyiş.
Rossiya qurolli kuçlari jang maydonida Ukraina qurolli kuçlari bilan son jihatdan tenglikka erişmagunça (yoki hatto ulardan ustunlikka erişgunça) safarbarlikni davom ettiriş.
Röyxatda keltirilgan barça variantlar katta taşkiliy qiyinçiliklarga ulanib ketadi (masalan, safarbarlik bilan taqqoslansa, hozirda bu qiyinçiliklar yengib bölmasdek tuyulmoqda). Şuningdek, Rossiya hukumatining içki barqarorligiga tahdid soladi, bu esa keyingi nazoratsiz eskalatsiyaga olib kelişi mumkin. Ularning heç biri ğalabani va’da qilmaydi.
Aksinça, 1980-1990-yillarda yaratilgan uşbu «tiyib turiş» tizimida nazarda tutilganidek, gap Moskva uçun maqbul şartlarda tinçlik (yoki mojaroni muzlatib qöyiş) haqida ketişi mumkin.
Faridaily loyihasi mualliflari, jurnalistlar Farida Rustamova va Maksim Tovkaylo yozganidek, Rossiya elitasi mojaroning kelajagi haqida ana şunday tasavvurga moyil. Yaqin oylarda vaziyat keskinlaşadi va yadro uruşi sodir bölmasligiga faqat umid qiliş mumkin, deb işonadi Kremlga yaqin bölgan yuqori martabali manbalaridan biri: «Mojaro ma’lum bir nuqtaga yetib borişi, şundan keyin tomonlar muzokara stoliga ötirib, kelişib olişi kerak».
Lekin hozir kelişib oliş nihoyatda qiyin böladi, agar imkonsiz bölmasa. Annexianing nojöya ta’siri bor: bundan buyon Kreml uçun maqbul bölgan yagona sulh Ukrainaning törtta viloyati (Luhansk, Donetsk, Zaporijjya va Xerson), şuningdek, 2014 yilda annexia qilingan Qrimni öz nazorati ostida qoldirilişini nazarda tutişi kerak.
Putin bilan «köp yillar davomida birga işlagan» manba sözlariga köra, u ziddiyatni oxirigaça kuçaytirişga tayyor.
«U har doim eskalatsiyani tanlaydi, şuningdek, keyingi har qanday noxuş vaziyatlarda eskalatsiyani tanlab boraveradi, hatto yadro qurolidan foydalanişgaça».