Uning sözlariga köra, Rossiyada «bir kişi» uruşni davom ettirişni istaydi va şu tufayli butun jamiyat normal iqtisodiyotsiz, munosib hayotsiz, heç qanday insoniy qadriyatlarga hurmatsiz qolyapti.
«Buni hali ham töxtatiş mumkin. Lekin buni töxtatiş uçun siz Rossiyada uruşni hayotdan köra köproq xohlaydigan bitta odamni töxtatişingiz kerak böladi. Bu - sizning hayotingiz, Rossiya fuqarolari», - dedi Zelenskiy. Biroq u Putinning nomini tilga olmadi.
Ukraina prezidenti, şuningdek, çeçenlar, inguşlar, osetinlar, çerkeslar va Rossiyaning boşqa barça mahalliy xalqlarini «200-yuk» bölib qolmaslik uçun uruşga bormaslikka çaqirdi. Murojaatining bir qismini ruslarga yönaltirdi, u rus tilida e’lon qildi.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz ixtiyori bilan taslim bölişga qaror qilgan rossiyalik askarlarga Ukraina harbiylari madaniyat bilan va xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda munosabatda bölişini va’da qilgandi.
Şuningdek, Zelenskiy Rossiya hukumati asirga tuşiş tafsilotlaridan xabar topmasligiga - ya’ni Rossiya rasmiylari kimdir ixtiyoriy taslim bölganini bila olmasligiga hamda birorta rossiyalik öz ixtiyoriga qarşi Moskvaga qaytarilmasligiga va’da qilgan.













