AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 12,4 milliard dollarga yaqin favqulodda yordam paketini öz içiga olgan hukumat tomonidan moliyalaştiriş töğrisidagi qonunni tasdiqladi.

«Prezident federal hukumat loyihalari va faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş uçun 2023-moliya yili uçun ajratmalarni nazarda tutuvçi va Ukrainadagi vaziyatga javob beriş uçun qöşimça mablağlarni öz içiga olgan qonun loyihasini imzoladi», — deyiladi Oq uyning 30 sentabr, juma kungi bayonotida. Avvalroq hujjat AQŞ Vakillar palatasi va Senati tomonidan qabul qilingan edi.

Qöşma Ştatlar hukumati tomonidan körsatilayotgan yordam öz hududlarini qaytarib oliş uçun kuraşni davom ettirayotgan Ukraina xavfsizligini ta’minlaş, xususan, Kiyevdagi hukumatni moliyaviy qöllab-quvvatlaş va harbiy yordam körsatişga qaratilgan. Mablağlarning bir qismi AQŞ harbiy xizmatçilarining Yevropadagi faoliyatiga yönaltiriladi.

Qonun 2022 yil 16 dekabrgaça AQŞ hukumati va uning faoliyatini hozirgi darajada moliyalaştirişni davom ettiriş imkonini beradi. Uzoq muddatli moliyalaştiriş çoralari böyiça muzokaralar noyabr oyidagi AQŞ Kongressi Vakillar palatasiga saylovlargaça qoldirildi.