Sport | 17:38 / 01.10.2022
15812
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo chempionati. O‘zbekiston Bahraynni tor-mor etib, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati V guruhi 3-turi doirasidagi o‘yinlar yakuniga yetdi.

Foto: O‘FA

Dastlabki ikki turda Turkmaniston va Tojikistonni mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini muddatdan avval hal etishga ulgurgan O‘zbekiston milliy jamoasi 3-turda Bahraynga qarshi saf tortdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan bahsda ham raqibni yirik hisobda tor-mor etishdi – 6:1.

Shu tariqa, vakillarimiz yuz foizlik natija – 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arib V guruhi g‘olibi sifatida chorakfinalga yo‘llanma olishdi. 2-o‘rin bilan esa Tojikiston keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bahrayn va Turkmaniston 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinlarda qolishdi. Vakillarimiz 1/4 finalda A guruhining 2-o‘rin sohibiga qarshi saf tortishadi.

Osiyo chempionati. 
«B» guruhi. 3-tur
O‘zbekiston – Bahrayn – 6:1

Hakamlar: Issa Abdulhussayn (Kuvayt), Truong Quok Dung (Vetnam), Leung Chung Yin (Honkong)
Gollar: E.To‘lqinov 6, A.Usmonov 20, 30, M.Odilov 22, Sh.Faxriddinov 26, H.Nishonov 27 – Hasan Ali 35.
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.

Mavzuga oid

E`lonlar