O‘zbekiston Kobuldagi maktabda sodir etilgan terrorchilik xurujini qoraladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlarining tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
“Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik, - deb ta’kidlangan TIV bayonotida. - Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz”.
Bayonotda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishi tilab qolingan.
Afg‘oniston poytaxtida 30 sentabr, juma kuni xudkush-terrorchi ta’lim muassasasiga hujum uyushtirdi. Oqibatda kamida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 27 kishi yaralandi.
Britaniyaning BBC mediakompaniyasi xabariga ko‘ra, hujum obekti qizlar va o‘g‘il bolalar uchun birgalikda ta’lim beruvchi Kaj xususiy akademiyasi bo‘lgan. Mahalliy OAV qurbonlar soni haqida turlicha xabar berdi. Aamj News portali qurbonlar va jarohatlanganlarning umumiy soni 100 kishiga yetganini, ularning aksariyati qizlar ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, dpa agentligi tibbiyot muassasalari vakillariga tayanib, 30 ga yaqin odam halok bo‘lgani va 56 kishi yaralanganini yozdi.
Xabar qilinishicha, hujum asosan Afg‘oniston aholisining qariyb 9 foizini tashkil etuvchi hazoralar istiqomat qiladigan Kobul tumanida sodir etilgan. Hozircha hech bir tashkilot Kobuldagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan toliblar hujumni qoralab, uning ortida turganlarni qo‘lga olish va jazolash choralarini ko‘rishga va’da berdi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:52
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
Mavzuga oid

16:13 / 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

18:53 / 18.04.2023
«Achinarli va uyatli» - vazir Surxondaryoda ayol o‘qituvchilar kaltaklanishi haqida

15:26 / 17.04.2023
Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Biznes oliy maktabi tuzilmalari tasdiqlandi

15:51 / 14.04.2023