29 sentabr kuni soat 15:10da Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan Moskva–Toşkent reysida, albatta, Rossiya fuqarolari ham bor edi.
Avvaliga rossiyaliklardan ham fikr olamiz degan umidda 3-4ta yoş rus yigitlari oldiga bordik va ularga savollarimiz borligini aytdik. Ne ajabki, yigitlar s’yomka qilmasligimizni, olgan kadrlarimizni öçirib taşlamasak, sudga beriş bilan tahdid qilişdi.
Şundan keyin asosiy diqqatimiz qaratilgan özbekistonlik mehnat muhojirlari aeroportdan çiqiş yölagidan yurib kela boşlaşdi. Ulardan nima maqsadda ortga qaytişgani, yana Rossiyaga boriş niyati bor-yöqligi va uruşga migrantlarni jalb qiliş uçun bosimlar haqida söradik.
“Vaziyat yaxşi, hujjatlarim muddati tugagani uçun keldim. Yana qaytib ketaman. Turmuş örtoğim bilan keldik. Ammo ikki öğlim Rossiyada qolgan”, – deydi bir vatandoş ayol.
Yana bir mehnat muhojiri ham aynan hujjatlarining muddati tugagani uçun qaytganini aytsa, boşqasi qaytiş maqsadi qarindoşining töyi ekani bilan izohladi.
Biz suhbatlaşgan deyarli barça özbekistonlik mehnat muhojirlari işi bitişi bilan yana RFga işlaşga qaytişini aytdi.
“Rossiyaga ketganimga 3 yil böldi. Akamning töyi bor, uni ötkazamiz, maşina olamiz. Yurt tinç bölsa, uruşlar töxtasa, qaytamiz”, – deydi yana bir hamyurtimiz.
Keluvçilar orasida talabalar ham bor. Ulardan biri öqişi onlayn bölgani uçun qaytayotgani, yanvarda yana borişini aytdi.
“Uruş Ukrainada bölyapti, Özbekistonda vahimasi”, – deydi yana bir muhojir.
Uruşga qatnaşiş uçun migrantlarga bosimlar bölyaptimi degan savolimizga barça javob beruvçilar bunday holat bölmaganini ta’kidladi.
“Bunaqa holatlar yöq, uruşga safarbarlik degan narsa yöq. Avval qanday bölsa, şunday işlab yurişibdi. Men yaşayotgan joyda har holda şunday, men Moskvada işlayman”.
“Mehnat migrantlari himoyaçisi ham uruşga bormaslikka çaqiryapti. Şundoq ham migrantlarning öziga uruşga boriş borasida heç kim indamayapti. Bunaqa gaplar qayerdan çiqayotganiga hayronman”, – deydi ismini oşkor qilişni xohlamagan, uzoq yillardan beri Rossiyada istiqomat qilayotgan özbekistonlik. U ham qaytiş niyati borligini aytadi.
“Rossiyaliklarning çetga çiqişi köp bölyapti. Fuqarolariga aviaçiptalar narxi oşgan, bizga unaqa emas. Bir hafta oldin sotib oldim 200 dollarga. Bu unçalik yuqori narx emas”, – deydi yana bir vatandoş.












