Ukraina NATOga a’zo böliş uçun rasman ariza beradi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz banotida ma’lum qildi.
«Bugun bu yerda, Kiyevda, mamlakatimiz yuragida barça ozod xalqlar hamjamiyati xavfsizligi uçun qadam taşlayapmiz.
Bizga kim tahdid qilayotganini, kim öldiriş va nogiron qilişga tayyorligini, kim öz nazorat hududini kengaytiriş uçun har qanday yovvoyilikdan qaytmasligini körib turibmiz.
24 fevral kuni Ukrainaga birinçi tölaqonli zarba berildi. Birinçi!
Agarda Rossiyani töxtatmaganimizda, u bizning çegaralarimizda töxtamasdi. Qolgan davlatlar ham zarba ostida qolgan bölardi. Boltiq mamlakatlari, Polşa, Moldova va Gruziya, Qozoğiston…
Rossiya Yevropa va Osiyoning turli xalqlarini böysundirişga da’vogarlik qildi. Yarim yil avval da’vogarlik qilgandi. Bu jinoiy maqsad Ukrainada çilparçin bölyapti. U Kiyev va Çernihivda sindi. «Azovstal»da. Sumi va Xarkiv oblastida. Ilonlar orolida. U Donbass va Ukraina janubida ham ularni ozod qilganimizdan söng sinadi. Albatta – Qrimda, ozod Ukraina Qrimida ham.
Davlatimizning butun hududi uşbu duşman – nafaqat Ukrainaning, balki hayot, insoniylik, qonun va haqiqat duşmanidan ozod qilinadi.
Rossiya buni biladi, qudratimizni his qilmoqda. Aynan şu yerda, Ukrainada qadriyatlarimiz kuçini tiklayotganimizni körmoqda. U şu sababli şoşilyapti. Annexiaga urinib bu soxtakorlikni uyuştirmoqda. Öziga tegişli bölmagan narsani tortib olişga urinyapti. Qotilliklar, tahqirlaşlar, şantaj va yolğon bilan tarixni qayta yoziş va çegaralarni qayta çizişni istamoqda.
Ukraina bunga yöl qöymaydi.
Bugun oliy boş qömondonlik yiğilişini ötkazdim. Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi yiğilişi tugaşi bilan. Bizda qaror mavjud.
Birinçisi. Faqat kuçayiş va bosqinçilarni butun hududimizdan quviş yöligina tinçlikni qaytaradi. Biz şu yöldan boramiz.
Ikkinçisi. Ukraina muzokaralar böyiça yetakçi bölgan va şunday bölib qoladi. Aynan biz Rossiyaga teng, halol, munosib va odilona şaroitlarda kengaşişni taklif qildik. Aftidan, Rossiyaning hozirgi prezidenti bilan buning imkoni yöq. U ğurur va halollik nimaligini bilmaydi. Şu sababdan biz Rossiya bilan muloqotga tayyormiz, lekin Rossiyaning boşqa prezidenti bilan.













