30 sentabr kuni Vladimir Putin «DXR» va «LXR», şuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan hududlarini «Rossiyaga qöşib oliş» böyiça farmonini imzoladi. Undan oldin esa uzundan uzoq nutq sözladi, keçqurun Qizil maydonda «bayramona» konsert uyuştirildi. Yangi hududlar annexia qilinişiga javoban Volodimir Zelenskiy Ukraina NATOga tezlaştirilgan tartibda a’zo böliş uçun ariza topşirişini ma’lum qildi. Şu kuni tongda Zaporijjyada gumanitar karvon öqqa tutildi, natijada kamida 25 kişi halok bölgan: Rossiya va Ukraina bunda bir-birini ayblagan. Putin kuzgi çaqiriq töğrisidagi farmonini imzoladi: unga köra 120 ming kişi muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.
Quyida 30 sentabr, uruşning 219-kuni Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.
Kunning asosiy voqeasi. Putin Ukraina hududlari annexiasini e’lon qildi

Kunning yana bir fojiali voqeasi — Zaporijjyadagi gumanitar karvonga zarba

Kateryna Klochko / AFP / Scanpix / LETA

Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA


























