Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi stadionda tartibsizliklar vaqtida 170 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Indoneziyada futbol o‘yinida tiqilinch yuzaga kelishi oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yana o‘nlab kishilar shifoxonaga yotqizilgan, 11 kishi og‘ir ahvolda.
Qurbonlar soni yana ortishi mumkin - Sharqiy Yava rasmiylari qurbonlar soni soat sayin o‘sib borganini qayd etgan.
Fojia Malange shahridagi stadionda mahalliy «Arema» klubi va Sharqiy Yava provinsiyasi markazi bo‘lgan Surabayaning «Persebaya» klubi o‘rtasidagi futbol uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan.
O‘yin mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Final hushtagi chalingach «Arema»ning minglab muxlislari maydonga chopib chiqqan, to‘qnashuvlar boshlangan.
Politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, tiqilinch yuzaga kelgan. Tibbiyot xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim holatlarining ko‘p qismi bo‘g‘ilish tufayli sodir bo‘lgan.
Tartibsizliklar stadion tashqarisida ham davom etgan, bir qancha politsiya avtomobillari yoqib yuborilgan. Ikki politsiyachi halok bo‘lgan.
Hukumat tekshiruv o‘tkazishni boshlagan. Indoneziya futbol federatsiyasi «Arema» klubiga mavsum oxiriga qadar uy o‘yinlari o‘tkazishni taqiqlagan va shu haftada o‘tkazilishi belgilangan barcha o‘yinlarni keyinroqqa qoldirgan.
Indoneziyada futbol o‘yinlari vaqtida zo‘ravonlik va tartibsizliklar kamdan kam ro‘y beradi. «Arema» va «Persebaya» - anchadan buyon prinsipial raqiblar hisoblanadi. «Persebaya» muxlislariga to‘qnashuv xavfi tufayli Malangedagi o‘yinga chipta sotilmagan. Ammo, Indoneziya xavfsizlik vaziri Muhammad Mahduf instagramida yozishicha, sig‘imi 38 ming kishilik bo‘lgan bu stadionga shu o‘yin uchun 42 ming chipta sotilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026