Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylari Liman şahrida mamlakat bayroqlarini ilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov şahar boy berilişida Markaziy harbiy okrug qömondoni, general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi — uni qöşinlar uçun «zarur bölgan aloqa va öq-dori bilan ta’minlay olmagan» «nönoq» deb atadi. Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç hazilomuz post qöyib, «Liman Rossiya Federatsiyasi tarkibidan çiqqani»ni aytdi. Bu vaqtda Qrimdagi Belbek harbiy aerodromi hududida quyuq tutun kötarildi — Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev samolyot uçiş-qöniş yölagidan çetga çiqib, yonib ketgani haqida ma’lum qildi.

Quyida 1 oktyabr, uruşning 220-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kupyanskda öqqa tutilgan qoçqinlar karvoni

1 oktyabr kuni Xarkiv oblasti Kupyansk rayoni Kurilovka qişloği hududida tinç aholi avtokarvoni öqqa tutilgani aniqlandi. Ukraina hukumati bayonotiga köra, kolonna 25 sentabr kuni öqqa tutilgan; natijada 24 kişi halok bölgan, jumladan homilador ayol va 13 bola ham.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Yakson qilingan kolonnadagi avtomobil yonida yotgan jasad. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov bu hujumda rossiyalik harbiylarni aybladi, unga köra kolonna «yaqin masofadan turib» öqqa tutilgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yonib ketgan avtomobil. Kolonna 6 ta yengil avtomobil (asosan «Lada») va bitta «Gazel» mikroavtobusidan iborat bölgan.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA