Polşa Belarus bilan çegaradagi devorni qurib bitkazdi, deb ma’lum qildi Polşa maxsus xizmati vakili Stanislav Zarin.

«Hozirda Polşaga noqonuniy kiriş butunlay töxtatildi. Polşa çegarasi Yerovpadagi eng kuçli himoyalangan çegara», — dedi u.

Polşa hukumatining ma’lumot berişiça, devorni tiklaş uçun 49 ming tonna pölat işlatilgan. Çegaradagi devorga 2,5 mingta kuzatuv kamerasi örnatiş rejalaştirilgan.

Polşa va Belarus çegarasidagi devor qurilişi 25 yanvarda boşlangandi. Quriliş uçun davlat budjetidan 644 million zlotiy  (qariyb 160 million dollar) ajratilgan.