Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiya qöşinlari Donbassdagi Krasniy Liman şahrini taşlab çiqişgani haqidagi xabarni izohlarkan, bunday holat yana qaytarilmasligi uçun «yanada keskinroq çoralar» köriş kerakligini aytdi.
«Rossiya mudofaa vazirligi oliy boş qömondonga nima deb hisobot berayotganini bilmayman, ammo şaxsiy fikrimça, çegaradoş hududlarda harbiy holat e’lon qilişdan tortib kiçik quvvatli yadro qurolidan foydalanişgaça bölgan yanada keskinroq çoralar köriş kerak»,— deyiladi Qodirovning Telegram-kanalida.
«Har bir qarorni Ğarb-Amerika jamiyatiga qarab qabul qiliş kerak emas – ular şundoq ham bizga qarşi köp gapirdi va köp narsalarni amalga oşirdi», deb ta’kidladi Çeçeniston rahbari.
U mazkur muvaffaqiyatsizlikda general-polkovnik Aleksandr Lapinni aybladi.
Qodirovning fikriça, armiyadagi qarindoş-uruğçilik yaxşilikka olib kelmaydi.
«Armiyada qat’iyatli, jasur, prinsipial, öz jangçilari uçun qayğuradigan odamlarni qömondonlikka tayinlaş kerak. Armiyada ayniqsa, murakkab vaqtda qarindoşçilikka örin yöq», dedi Qodirov.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rus askarlari Krasniy Liman şahrini tark etganini bildirgandi.












