Közimni oçgani qörqaman

Ayol kişi uçun farzandining dardini köriş oğir. Yolğiz ayol uçun ikki karra köproq qiyin. 2018 yildan beri bolasi Sardorning kasali bilan kuraşib kelayotgan onaizor ana şunday qiyinçilikni böyniga olgan.

“Ota-onam bilan birga turaman. Qöldan kelgança yordam berişyapti. Otasi ruhiy kasal. Aliment tölaydigan ahvolda emas. Işlay desam işlolmayman, çunki köp vaqtimiz şifoxonada ötadi. Yigirma kundan beri Toşkentda gematologiyada davolanyapmiz. Gepatit S taşxisini ham qöyişdi.

Ertalab tursam oğzidan qon kelgan böladi. Közimni oçişga qörqaman, qon kelgan bölmasin, ilohim deb uyğonaman. Şu bolamning şifo topişidan ortiq baxt yöq men uçun”, deydi ona köz yoşlarini berkitib.

Izzatillo Ismoilovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0424 4437 9969 onasi Ziyoda Ismoilova nomida

Humo: 9860 0803 8377 3670 onasi Ziyoda Ismoilova nomida

Manzil: Farğona viloyati, Özbekiston tumani, Daştçölpon qişloği 103 uy.

Şifokorning xonasi ikki qadam, lekin yetolmayman

Şodiya endigina 4 yoşga kirdi. Lekin uning mitti jussasi kötarayotgan dardni ota-onasi kötarişi qiyin bölyapti:

“Oqqon deb taşxis qöyişdi. Şifokorning xonasi ikki qadam, qani yetolsam. Birinçi marta yurak oğriğini his qildim. Qizimni şunday asrardim, doim qörquvda yaşardim, biron narsa bölib qolmasin, deb. Işonasizmi, bir keçada turmuş örtoğimning soçi oqarib ketdi. Birinçi marta erkak kişining yiğlaganini kördim. Olti oydan beri bir kun ham töxtatmasdan farzandimizga şifo tilab röza tutadi.

Şu vaqtgaça qarindoşlarimiz yordam berişdi. Özimizning yiğganimizni sarfladik. Hozir uyimizni sotuvga qöyganmiz”, deydi ayol köz yoşlarini tiyolmasdan.

Şodiya Abdurahmonovaga oid ma’lumotlar: