Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarni annexia qilişga uringani uçun BMT Xalqaro sudiga murojaat qildi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

"Putinning annexiaga urinişidan söng Ukraina Xalqaro sudga bu harakat uning 16 martda çiqarilgan vaqtinçalik çoralar töğrisidagi majburiy buyruğini qöpol ravişda buzişi haqida rasman ma’lum qildi. Biz sudni bu işni imkon boriça tezroq körib çiqişga çaqiramiz", - deb yozdi Kuleba.

BMT Xalqaro sudining 16 martdagi qaroriga köra, Rossiya hukumati Ukrainadagi uruşni zudlik bilan töxtatişi lozim. 

30 sentabr kuni Kremlda «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga qöşilişi töğrisidagi şartnomalar imzolandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz bayonotida Putin prezident bölib qolar ekan, Ukraina Rossiya bilan muzokara ötkazmasligi, muzokara faqat Rossiyaning keyingi prezidenti bilan bölişi mumkinligini ta’kidladi.