Karmana tumani hokimi Faxritdin Umarov oldinroq turizm sohasi böyiça prezident ötkazgan yiğilişda işdan olinib, uç oy sinov muddati berilgandi. Bu safar unga öziga yuklatilgan vazifalar ijrosini bajarişda xatoga va kamçiliklarga yöl qöygani uçun viloyat rahbari tomonidan intizomiy jazo qöllandi.

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov farmoyişi bilan Karmana tumani hokimi Faxritdin Umarovga hayfsan berildi, Navoiy şahar hokimi Murodxon Egamqulov esa ogohlantirildi.
Ma’lum bölişiça, Faxritdin Umarov iş faoliyati davomida öziga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşda yöl qöygan xato va kamçiliklari, mehnat va ijro intizomini buzganligi, qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş, parvarişlaş va öz vaqtida yiğib olişga doir Hukumat qarorlari ijrosini töğri taşkil etmaganligi uçun intizomiy jazoga tortilgan.

Navoiy şahar hokimi Murodxon Egamqulov esa “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlarini samarali işlatişda xato va kamçiliklarga yöl qöygan hamda kelgusida bu kabi holat takrorlansa keskin intizomiy jazo çorasi qöllanişi böyiça ogohlantirilgan.
















