Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş tahdidiga jiddiy munosabatda böliş kerak, dedi Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori Devid Petreus 2 oktyabr, yakşanba kuni Amerikaning ABC telekanaliga bergan intervyusida.
U AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan bilan Oq uyning Rossiya yadroviy zarbasiga ehtimoliy javobini muhokama qilmaganini ta’kidladi, ammo AQŞ va NATOning javobi qanday bölişi mumkinligini aytdi.
«Sizda ma’lum bir tasavvurni uyğotiş uçun tuşuntiraman: biz Ukraina va Qrimdagi jang maydonida körişimiz va aniqlaşimiz mumkin bölgan har qanday an’anaviy rus kuçlarini va Qora dengizdagi har bir kemani yöq qiladigan NATOning jamoaviy sa’y-harakatlariga rahbarlik qiliş orqali javob beramiz», dedi Petreus.
Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq rahbari teleboşlovçining Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalaniş ehtimolidan keyin NATO davlatlari hududiga radiatsiya tarqalişini Şimoliy Atlantika alyansi a’zosi bölgan davlatga hujum sifatida baholaş mumkinligi haqidagi sözlariga qöşildi. «Bu javobsiz qolişi mumkin emas», dedi Petreus va AQŞ hamda NATO yadroviy keskinlikning oldini olişiga işonişini qöşimça qildi.
Hatto Putinning Ukrainada yadro qurolidan foydalanişi ham jang maydonidagi vaziyatni özgartirmaydi, deydi Devid Petreus. Unga köra, Ukraina hududini annexia qilişga uriniş Putinning «umidsiz» qadamidir. «U yutqazmoqda. U jang maydonida duç kelayotgan voqelik, menimça, orqaga qaytmas. Heç qanday safarbarlik yoki annexia, hatto yaşirin yadro tahdidi ham uni bu vaziyatdan olib çiqa olmaydi», - dedi Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori.
Petreusning sözlariga köra, sönggi yetti oy içida Ukraina öz armiyasini «Rossiyaga qaraganda beqiyos yaxşi darajada» safarbar qilgan, jihozlagan, öqitgan va taşkil etgan, buning natijasida Ukraina qurolli kuçlari hozirda Rossiyanikidan «kattaroq va ança samaraliroq».
«Ayni paytda u (Putin) bu borada heç narsa qila olmaydi. Jang maydonidagi mağlubiyatlar davom etadi. Yagona savol şundaki: biz qaçon alohida askarlar va bölinmalar taslim bölişini emas, balki köproq yirik tuzilmalarning qulaşini köra boşlaymiz? Menimça, bu yaqinlaşmoqda», deb prognoz qildi Devid Petreus.
«Putin, xuddi Rossiya Napoleon va natsistlar bilan bölgani kabi, Yevropadan köproq «azob çekişi» mumkinligiga işonadi, lekin u muvaffaqiyatga erişadi, deb öylamayman. Yevropani oğir qiş kutyapti, gaz ta’minoti kamayadi, lekin u buni yengib öta oladi va Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan boş tortmaydi», deya qöşimça qildi Petreus.












