Özbekistonning Londondagi elçixonasi vakillari Buyuk Britaniya moda va töqimaçilik assotsiatsiyasi xalqaro hamkorlik departamenti direktori Pol Anger bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralardan maqsad özbek töqimaçilik mahsulotlarini Britaniya bozoriga eksport qilişni kengaytiriş, britaniyalik riteylerlarni Özbekistonda işlab çiqariş jarayoniga jalb etiş masalalarini muhokama qilişdan iborat böldi.
Mamlakat yirik brendlari va korxonalari hamda ASOS, boohoo, Very, Net-a-Porter, boşqa yirik riteylerlar örtasida muloqotni yölga qöyiş, körgazma va boşqa tadbirlarni taşkil qilişda katta tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlikni yölga qöyiş örganildi. Töqimaçilik sohasidagi yetakçi ta’lim markazlari hisoblangan Horfild va Bredford şaharlari universitetlari bilan hamkorlikni yölga qöyişga kömaklaşişga tayyorlik bildirildi.
Britaniya moda va töqimaçilik assotsiatsiyasi 2009 yilda Britaniya kiyim-keçak sanoati assotsiatsiyasi va UK Fashion Expors assosiatsiyasi qöşilişi natijasida taşkil topgan. Hozirgi kunga unga 800 dan ortiq korxona va kompaniyalar a’zo. Assotsiatsiya moda va töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib beriş zanjiri bir qismi bölgan dizaynerlar, işlab çiqaruvçilar, yetkazib beruvçilar, ulgurji va çakana sotuvçilarni birlaştiradi.











