Seşanba kuni Stokholmdagi taşkiliy qömitada Alen Aspekt, Jon F. Klauzer va Anton Zaylinger kvant mexanikasidagi yutuqlari uçun fizika böyiça Nobel mukofotini oldi.
Uçlik «çigal fotonlar bilan tajribalar ötkaziş, Bell tengsizlik teoremasi buzilişini aniqlaş va kvant axborot faniga asos solgani» uçun ğolib böldi.
Har bir ğolib «çigal kvant holatlari» yordamida tajribalar ötkazdi, bunda ikkita zarraça birdek harakat qiladi va hatto ajralgan holatda ham bir-biriga ta’sir qiladi.
Aspect Fransiyada, Klauzer Kaliforniyada va Zaylinger esa Avstriyada tuğilgan. Ularning kaşfiyotlari Jon Styuart Bellning işini töldirdi va ularning teoremasi ilmiy dunyoning kvant mexanikasi haqidagi tuşunçasini özgartirdi.
Şvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi ma’lum qilişiça, uçlikning işi kvant texnologiyasining yangi davri uçun zamin yaratdi.
Ma’lumot uçun, fizika böyiça 2021 yilgi Nobel mukofotiga 3ta olim sazovor bölgan. «Murakkab fizik tizimlarni tuşunişga qöşgan ulkan hissasi uçun» Syukuro Manabega, «yer iqlimini fizik modellaştiriş, özgaruvçanlikni miqdoriy aniqlaş va global isişni işonçli başorat qiliş» borasidagi işi uçun Klaus Xasselmanga va «fizik tizimlardagi tartibsizliklar va tebranişlarning atomdan sayyoragaça bölgan özaro ta’sirini kaşf etgani uçun» Jorjio Parisiga topşirilgan.

















