Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro quroli sinovini ötkaziş orqali undan foydalanişga tayyorligini namoyiş etmoqçi, deb xabar berdi The Times gazetasi NATO razvedkasidagi manbalariga tayanib.
Naşr asoslanayotgan xalqaro ekspertlarning fikriça, Putin yadro qurolini Qora dengizda sinab körişi mumkin. Gazetaning yuqori lavozimli harbiy manbasi agar Putin bu quroldan jang maydonida foydalanadigan bölsa, u sezilarli xatarga duç kelişi mumkinligini aytdi.
"Raketalar kutilmaganda Ukraina çegarasi yaqinidagi Belgorod şahriga tuşişi mumkin", dedi u.
Gazetaning boşqa manbalarining sözlariga köra, NATO öz ittifoqçilariga Rossiya yadro qurolini taşiy oladigan "Poseydon" suvosti kemasini sinab körişi mumkinligi haqida hisobot jönatgan. Hisobotda aytilişiça, K-329 "Belgorod" atom suvosti kemasi Arktikaga yöl olgan. La Repubblica gazetasining yozişiça, "Poseydon"ni Kara dengizi hududida sinab körişlari mumkin.
Putin yadro qurolidan foydalanişga tayyorligi borasidagi xavotirlar Rossiya mudofaa vazirligining atom qurollari, ularni saqlaş va taşişga javobgar bölgan 12-boş boşqarmasiga tegişliligi taxmin qilingan poyezd bilan boğliq video paydo bölganidan söng kuçaydi, deb yozadi The Times. Avvalroq polşalik harbiy ekspert Konrad Muzika "Ribar" Telegram-kanalida joylaştirilgan videoni aniqlagandi.
Videodagi poyezd "Spitsa" jangovar modullari ortilgan KamAZ-43269 zirhli maşinalarini taşib ketmoqda, deyilgan "Ribar" izohida. Muzikaning sözlariga köra, bu texnika 12-boşqarmaga tegişli.
Videoga köra, texnika ortilgan poyezd Sergiyev Posad hududida tasvirga olingan. Oçiq manbalarga köra, u yerda Rossiya mudofaa vazirligining 12-boş boşqarmasi bazasi joylaşgan.
21 sentabr kuni Putin safarbarlik munosabati bilan qilgan murojaatida Rossiya hukumati öz hududini himoya qiliş uçun barça vositalardan foydalanişini aytgandi.













