Qozoğiston taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) kuçlari Rossiya-Ukraina nizosida iştirok etmasligini ma’lum qildi.

"Qozoğiston xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillariga amal qiladi. KXŞTning javobgarlik hududi taşkilotga a’zo davlatlarning xalqaro tan olingan çegaralari bilan belgilab qöyilgan va kollektiv xavfsizlik uşbu hududlar çegarasida ta’minlanadi. Şu tarzda, kun tartibida KXŞTning Rossiya-Ukraina nizosi hududida iştirok etişi masalasi yöq", - dedi u. 

Smadiyarov şuningdek, Qozoğistonning Ukrainadagi Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida ötkazilgan “referendum”lar böyiça pozitsiyasini ham ma’lum qildi. 

"Bizning pozitsiyamiz özgarmadi. Qozoğiston bu masalada xalqaro huquq va BMT nizomiga muvofiq davlatlarning hududiy yaxlitligi va suveren tengligi tamoyillaridan kelib çiqadi. Biz Rossiya va Ukraina örtasida siyosiy muloqot örnatişga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz", - dedi Qozoğiston taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili.