General-leytenant Roman Berdnikov Ğarbiy harbiy okrug (ĞHO) qömondonligini boşqaradi, ilgari okrugni general-polkovnik Aleksandr Juravlyov boşqargan, bu haqda Yuridik şaxslarning yagona davlat reyestrida ma’lumot berilgan.  

Ğarbiy harbiy okrug qömondoni özgargani haqidagi ma’lumotni 3 oktyabr, duşanba kuni kadrlar özgarişi bilan taniş bölgan RBK manbasi ham tasdiqladi. Şu bilan birga, kadrlar almaşinuvi 28 sentabr kuni amalga oşirildi.

Berdnikov ilgari Şarqiy harbiy okrugning umumqöşin birlaşmasi qömondoni bölgan, keyin Suriyadagi rus qöşinlari guruhiga qömondonlik qilgan.

Juravlyov ham 2016-2018 yillarda Rossiya qurolli kuçlarining Suriyadagi guruhiga qömondonlik qilgan. U 2018 yilning kuzida Ğarbiy harbiy okrug qöşinlari boşliği böldi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi paytida Ğarbiy okrug qöşinlari Xarkiv oblastidagi janglarda qatnaşdi. Sentabr oyida Ukraina qöşinlari mintaqada muvaffaqiyatli qarşi hujumni boşladi va bosib olingan hududning katta qismini ozod qilişga muvaffaq böldi.

Jurnalist Sergey Mardanning aytişiça, Juravlyov Boş ştab akademiyasida dars beradi.