Rossiya bosmaxonalari Ukrainaga bostirib kiriş uçun kiritilgan sanksiyalar tufayli yetkazib beriş töxtatilgan xorijiy uskunalar, ehtiyot qismlar va xomaşyo yetişmasligiga duç kelmoqda. Bu haqda 4 oktyabr, seşanba kuni korxonalar top-menejyerlariga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.

Rossiya bosmaxonalari jihozlarining 90 foizi Yevropa, Şimoliy Amerika va Yaponiya uskunalari hissasiga töğri kelgan. Rossiyaga eng yirik eksportçilar Germaniya, Şveytsariya, Italiya, Kanada va Yaponiya bölgan, dedi «Pareto-print» bosmaxonasi boş direktori Pavel Arsenev «Vedomosti»ga.

Ba’zi kompaniyalar öz taşabbusi bilan şartnomalarni bekor qildi, boşqalari aprel oyida Yevropa ittifoqi tomonidan Rossiyaga bunday uskunalarni olib kirişni taqiqlovçi beşinçi sanksiyalar töplami kiritilganidan keyin Rossiya bosmaxonalari bilan hamkorlikni töxtatdi. «Eksmo-AST» naşriyot guruhi prezidenti Oleg Novikovning sözlariga köra, işlatilayotgan uskunalar ham sanksiyalar ostida qolgan. 

Ba’zi turdagi asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni parallel import deb ataladigan yöl bilan yetkazib beriş mumkin, dedi «Vysşaya Şkola» naşriyot uyi boş direktori Roman Trunov «Vedomosti»ga. 

Biroq, bosma uskunalarning aksariyati uçun bu variant mos emas, dedi «Oktoprint servis» kompaniyasi vakili Larisa Danilova. «Har bir bosmaxonaning öz seriya raqami bor. Köpgina butlovçi qismlar ular uçun öziga xos bölib, tegişli katalog raqamiga ham ega. Bu şuni anglatadiki, işlab çiqaruvçi u oxir-oqibat Rossiyaga yuborilişini tuşunib, yetkazib berişni taqiqlaydi», deb tuşuntirdi u. 

«Hozirça birgina yöl bor – eski dastgohlarni demontaj qiliş va eskirgan ehtiyot qismlardan, xuddi aviatsiyadagidek, foydalaniş», – deydi Poligrafiya sanoati korxonalari uyuşmasi boşqaruvi a’zosi Yelena Şitikova. Biroq, barça turdagi ehtiyot qismlarni bu tarzda almaştiriş mumkin emas, deya ogohlantirmoqda bozor iştirokçilari. 

Ayrim bosmaxonalar Hindiston va Xitoydan yetkazib beruvçilar yordamida uskunalarni almaştirişga harakat qilmoqda, biroq ulardagi uskunalarning sifati Ğarbnikidan pastroq, dedi sanoat vakillari «Vedomosti»ga. Misol uçun, Xitoydan kelgan tikuv maşinalari past darajadagi avtomatlaştirişga ega, hind maşinalari esa Yevropadagidan ikki avlod kattaroqdir, deya tuşuntirdi Arsenev. 

Bu, şuningdek, logistika qiyinçiliklari kitoblar narxining 20 foizga oşişiga olib keladi, deya ogohlantiradi «Rosmen» naşriyot uyi direktori Boris Kuznetsov. Yangi logistika ta’minoti allaqaçon ehtiyot qismlar narxining ikki-uç baravar oşişiga olib keldi, yetkazib beriş muddati esa bir neça kundan bir neça oygaça oşdi, deydi Arsenev. «Natijada, bosmaxonalardagi texnikalarning bir qismi bir muddat töxtab qolişi mumkin», dedi u.