2005 yilning 24 noyabr kuni “Advokat Press” naşrida çop etilgan “Yöq haqida badiha” sarlavhali maqolada öşa paytda yuksak minbarlarda bot-bot aytiladigan “Özbekiston – kelajagi buyuk davlat!” degan otaşin sözlarning ijobati qaçon kelişi savol ostiga olinadi, jamiyatdagi muammolar fonida bu şiorlarning mantiqsizligi körsatib beriladi.

“Advokat Press”ning şu maqola çop etilgan soni gazeta dökonlaridan yiğiştirib olinadi, naşrning özi köp ötmay yopib yuboriladi. Maqola muallifi bölgan Dilmurod Sayyid şundan söng öziga nisbatan tazyiqlar köpayganini aytadi. Jurnalistning sözlariga köra, aynan maqolasi tufayli 2009 yili tovlamaçilik va hujjat soxtakorligida ayblanib, sud tomonidan 12,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

“Minbardagi siyosat bilan hayot örtasidagi farqni körsatib berganman”

— Tazyiqlar 2005 yilda boşlangan. Öşa yili noyabr oyida «Advokat press» gazetasida ikki sahifali maqolam çiqib, uşbu maqola sabab gazeta sotuv dökonlaridan yiğiştirib olingan. Ana şundan boşlangan hammasi. Aslida men Islom Karimov olib borayotgan minbardagi siyosat bilan hayotdagi tafovutni körsatib berganman. Şu bilan birga, aniq takliflar ham berganman.

Karimovning bir gapi bor edi: «Özbekiston – kelajagi buyuk davlat». Qaçon bu buyuk davlatga erişamiz, ğallaçilik, tibbiyot bu holatda bölsa, degan fikrlarni bildirganman. Agar aholining taomnomasida mana bunday taomlar bölmasa, bu avlod qanday qilib soğlom bölişi mumkin? Tuğuruqxonadagi muammolar kötarilgan bu maqolada. Ana şu jihatdan ularga ma’qul kelmagan maqola.

Gazeta yiğib olindi. Faoliyatim taqiqlandi. Qadrdon hamkasblarimiz ham körsa köçaning narigi betidan ötib ketadigan böldi.

Said Ahmad, Ötkir Hoşimov yoki Şukrulloning öşa davr manzaralariga bağişlab yozilgan asarlarini öqib, şu darajada bölgan ekanmi, deb hayratlanar edim. Şu narsa öz boşimdan ötdi.

Dilmurod Sayyid Foto: Kun.uz

«Oilamning köz oldida olib ketişdi»

Qahramonimiz öziga qöyilgan ayblovlarni uydirma va töqima deb hisoblaydi hamda bularning barçasi kasbiy faoliyati bilan boğliq deb biladi.