Bugun, 6 oktabr kuni Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurdi. Prezident Sayxunobod tumanida taşkil qilingan paxta-töqimaçilik klasterida OAV vakillari bilan suhbatlaşdi.

“Adolatli hakam bölsa, oxirgi yillardagi özgarişlar haqida özi baho beradi. Mana, biz turgan Sayxunobod tumani hokimi oçiq aytyapti “Sayxunobod tumani markazi Gulistondan ham çiroyliroq” deyapti. Mayli, bu ham öz tumanini sevgan odamning gapi. Hamma ham özi yaşagan hududning çiroyli bölişini istaydi.

Biz uzoq yillar paxta yetiştiriş bilan şuğullandik, lekin xalqimiz farovon yaşamadi. Endi şunday tizim yaratyapmizki, paxtani töliq qayta işlab, qöşimça qiymat qilyapmiz. Bu esa qöşimça iş örinlari degani. 

Biz bugungi tahdidlardan, siyosiy vaziyatdan töğri xulosa çiqarişimiz lozim. Bunday kunlarda eng katta duşman içki duşman. Işsizlik esa oğir muhit yaratadi. Işsiz odam siyosatga işonmaydi, bugungi kundan norozi yaşaydi, kim yetaklasa ketaveradi. Men klasterlarga yangi vazifalar yuklayapman. Sirdaryoda çuqur qayta işlaş 25 foizni taşkil qilyapti. Bu juda past körsatkiç. Demak Sirdaryoni minglab iş örinlari kutib turibdi. Maqsadimiz, Sirdaryoda 100 ming iş örni yaratiş va 2023 yilda bu viloyatni işsizlik tugatilgan hududga aylantirişga intiliş. 

Klasterlarga aytyapman, iş örinlari yaratiş uçun qilgan xarajatlaringni, tiklagan binolar, fabrikalaringning xarajatlarini soliqlar hisobiga qoplab beraman, deyapman. Mayli, bir yilda boy bölişmasin, lekin şu xalq rozi bölsin. Yer berilyapti, iş örinlari yaratilyapti, endi yurtdoşlarimizga tuşuntirişimiz, yetkazişimiz kerak – mehnat qilmasak, harakat qilmasak heç kim bizning muammomizni hal qilib bermaydi” – dedi prezident muxbirlarga qarata.