OXGIning 2019 yildan 2022 yilgaça bölgan umumiy reytingida Özbekiston 12 poğonaga kötarilib, joriy yilda 113 ta örindan 73-öringa loyiq topildi. Şu tariqa Özbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda jadal rivojlanişga erişgan 10 ta davlat orasida birinçi örinni egalladi.
Prognozlaş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan 2019-2022 yillarda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida Özbekiston pozitsiyalaridagi özgarişlar tahlili ötkazildi.
Özbekiston «Iqtisodiy qulaylik» toifasi böyiça 18 ta öringa yuqoriladi. «Sifat va xavfsizlik» toifasi böyiça esa - 3 ta öringa. «Barqarorlik va moslaşuv» böyiça - 36 ta öringa.
Kelgusida Özbekistonning reytingdagi örnini yaxşilaş uçun içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş hajmini oşiriş, import ta’minotini diversifikatsiya qiliş, oziq-ovqat böyiça milliy tavsiyalarni işlab çiqiş, oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy markalaşni joriy etişni jadallaştiriş zarur.












