Çexiya poytaxti Pragada Yevropa siyosiy jamoatçiligi sammiti ötkazildi. Sammit doirasida Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev örtasida uçraşuv ötkazildi.

Paşinyan Pragaga borişidan asosiy maqsadi Turkiya yetakçisi Rajab Erdöğan bilan uçraşiş ekanini aytgandi. Paşinyan va Erdöğan ilk marta özaro uçraşuv ötkazişdi. Aliyev va Paşinyan ham özaro yakkama-yakka uçraşuv ötkazgan. Şuningdek, uçala davlat rahbari birgalikda muloqot qildi.

Foto: Twitter

Ozarboyjon va Armaniston yetakçilari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel bilan ham uçraşuvlar ötkazişi kutilgandi. Bu uçraşuvlar Armaniston va Ozarboyjonni çegara masalasida tinçlikka çorlaşga qaratilişi aniq, ammo hozirça ularning tafsilotlari ma’lum emas.