Ramzan Qodirov RF prezidenti Vladimir Putin unga general-polkovnik harbiy darajasini berganini aytdi. Bu haqda Çeçeniston rahbari telegram-kanalida yozib qoldirgan.
«Sizlar bilan yana bir yoqimli yangilikni bölişişni istayman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik maqomini berdi. 709-raqamli farmon çiqdi. Vladimir Vladimiroviç menga bu haqda şaxsan özi aytdi va tabrikladi. Men Oliy Qömondonimizdan xizmatlarimni yuqori baholagani uçun çeksiz minnatdorman! Bu men uçun ulkan şaraf. Söz beraman, işonçni oqlayman», degan u.
709 raqamli farmon rasman e’lon qilinmagan. 5 oktyabr kuni Ramzan Qodirov 46 yoşga çiqdi.
General-polkovnik maqomi RF qurolli kuçlarida marşal va armiya generalidan keyingi uçinçi daraja hisoblanadi. Qodirov general-leytenantlik maqomini uruşning ilk davrida, 2022 yil martida olgandi.












