Şimoliy Koreya raketa sinovlarini davom ettirdi. 6 oktyabr, payşanba kuni KXDR Yaponiya dengizi tomon ikkita qisqa masofali ballistik raketa uçirdi, deb xabar bermoqda «Yonhap» agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib. Raketalardan biri maksimal 80 kilometr balandlikda 350 kilometr, ikkinçisi esa 60 kilometr maksimal balandlikda 800 kilometr uçgan. Bunday parvozlar Yaponiya hukumati tomonidan ham tasdiqlandi.
Janubiy Koreya qurolli kuçlari bunday xatti-harakatlarni «jiddiy provokatsiya» deb atadi va bu «nafaqat Koreya yarimorolidagi tinçlik va barqarorlikka, balki xalqaro hamjamiyatga tahdid soladi», deya ma’lum qildi. Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida Şimoliy Koreyaning qisqa vaqt içida qayta-qayta raketa uçirişini «butunlay qabul qilib bölmas holat» dedi.
25 sentabrdan beri KXDR oltita raketa sinovini ötkazdi, deb eslatadi dpa agentligi. 4 oktyabr, seşanba kuni Pxenyan örta masofaga möljallangan ballistik raketani uçirdi. Sönggi beş yil içida birinçi marta raketa Yaponiya arxipelagi ustidan uçib ötdi va bu Tokio, Seul va xalqaro hamjamiyatning boşqa a’zolari noroziligiga sabab böldi.
Bunga javoban AQŞ va Janubiy Koreya 5 oktyabr kuni ikki marta yer-yer sinfidagi raketa sinovini ötkazdi. «Yonhap» agentligi Janubiy Koreya Boş ştabiga tayanib, Amerika va Janubiy Koreyaning ATACMS raketalari Yapon dengizi tomon yönaltirilganini xabar qildi. Ayni vaqtda Seul tomonidan otilgan raketalardan biri harbiy baza hududiga tuşgan. Uşbu hodisada qurbonlar yöq.
Payşanba kungi raketa uçirilişi Şimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengaşiga qilgan murojaati munosabati bilan Qöşma Ştatlarni qoralaganidan bir soat ötgaç sodir böldi, deya qayd etadi Reuters. Pxenyan raketa uçirilişini AQŞ-Janubiy Koreya qöşma maşğulotlariga qarşi çora sifatida körişini aytdi va bu manyovrlar mintaqadagi keskinlikni kuçaytirmoqda, deb hisobladi.
Şimoliy Koreya, şuningdek, AQŞni USS Ronald Reagan aviataşuvçi kemasini Koreya yarimorolining şarqiy qirğoqlariga köçirgani uçun qoraladi. Bungaça kema tört yil içida birinçi marta Janubiy Koreyaga yetib keldi hamda Janubiy Koreya va Amerika qöşinlarining birgalikdagi dengiz manyovrlarida qatnaşdi. «Yonhap» agentligi xabariga köra, aviataşuvçi Janubiy Koreya va Yaponiyaning xalqaro suvlarda ötkazayotgan maşğulotlarida iştirok etişi kutilmoqda.












