«Belta» agentligi xabariga köra, davlat rahbari bu haqda inflatsiyaga bağişlangan iqtisodiy blok yiğilişida e’lon qildi.

«Narxlar juda kötarilib ketdi. Şiftga borib tegmoqda. Endi heç qayerda narx oşişiga yöl qöyib bölmaydi. 6 oktyabrdan narxlarning har qanday oşişi taqiqlanadi. Ta-qiq-la-na-di! Bugundan boşlab. Ertaga emas, bugundan boşlab. Tağin bir kun içida narxlar kötarib qöyilmasin. Şu sababli, bugungi kundan boşlab taqiqlanadi. Xudo körsatmasin, heç kim buxgalteriyada qandaydir qayta hisob-kitobni amalga oşirmasin», dedi Lukaşenko.

Vaziyatni nazorat qiliş uçun işçi guruh tuzilgan. Unga Davlat nazorati qömitasi, kasaba uyuşmalari, Belstat vakillari, şuningdek, deputat va senatorlar kirgan. Ular 20 oktyabrga qadar mamlakatda narxlarni tartibga soliş usullarini işlab çiqişi kerak.

Belarusda iyun oyidagi inflatsiya 17,6 foizni taşkil qilgan. May oyiga qaraganda iste’mol narxlari 1,1 foizga oşgani haqida mamlakat Milliy statistika qömitasi xabar bergan edi. 

Ötgan yili Belarusda inflatsiya darajasi 9,97 foiz bölgan. Bu hukumat prognozidan ança baland bölib, 2016 yildan (10,6 foiz) beri eng yuqori darajaga yetgan.

2021 yilda Belarus hukumati inflatsiyani 5 foizdan oşirmaslikni, 2022 yilda 6 foiz darajasida uşlab turişni maqsad qilgan edi.