Majburiyatlaridan böyin tovlayotgan UzAuto Motors: unga uçta organning kuçi yetmayapti
|20:55 / 07.10.202229 77111 min
Davlatning rasmiy ruxsati borligiga qaramasdan, UzAuto Motors Captiva-5 avtomobilini “Özbekistonga töğri kelmaydi” deb xulosa qildi va tuzib qöygan şartnomalarini buzdi. Qonuniy manfaatini talab qilayotgan mijozlar hayron: naq uçta idora – sud, aksilmonopoliya va iste’molçilar huquqlarini himoyalaş organlarining monopolistga gapi ötmayapti.
UzAuto Motors 2021 yilda bir qança iste’molçilar bilan yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzgandi. Lekin ma’lum muddat ötganidan keyin bu jarayon töxtatildi. Sabab sifatida esa Captiva-5'ning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi iddao qilindi.
Ba’zi mijozlar UzAuto Motors'ning “çeksiz” uzrini qabul qilişni istamay, qonuniy haq-huquqlarini talab qilib, sudga murojaat qilişgan. Kun.uz muxbiri holat yuzasidan iste’molçilar Öktam Qahhorov va Jamşid Baxşillayev bilan suhbatlaşdi.
Öktam Qahhorov
Öktam Qahhorov: Captiva-5 uçun şartnoma beriş boşlanganidan keyin, 12 oktabr kuni bankdan kredit olib, 85 foiz tölovni amalga oşirdim. Ma’lum muddat ötganidan keyin, UzAuto Motors'ning rasmiy sahifasida şartnoma beriş töxtatilgani e’lon qilindi, ammo tuzilgan şartnomalar taqdiri haqida biror joyda rasmiy ma’lumot berilmadi.
Jamşid Baxşillayev: Ötgan yilning noyabr oyida Captiva-5'ning mijozlarga yetkazib berilmasligi haqida e’lon qilişdi. Bunga sabab sifatida Özbekistonning toğli mamlakat ekani, uşbu avtomobil iqlim şaroitimizga mos kelmagani keltirib ötildi. Keyin avtosalon bilan boğlandim. Ulardan hozir kuz fasli bölsa, qişni qayerda yaratdinglar, deb söradim. Javob bera olişmadi. Umuman, dunyodagi qaysi kompaniya iqlimga moslab avtomobil işlab çiqaradi? Mana, Dubaydan olib kelingan Captiva-5'larni heç qanday muammosiz haydab yurişibdi, dvigatelida ham heç qanday muammosi yöq.
Jamşid Baxşillayev
Avtosalonga şartnoma tuziş uçun borganimda, yangilangan özbek modelidagi Captiva'ning Dubayda sotilayotgan modeldan afzalliklari degan prezentatsiya ham körsatişgandi. Xullas, savollar köp, ammo har doimgiday javob yöq.
***
Eng qiziq jihati şundaki, 2021 yil 17 sentabr kuni, ya’ni Captiva-5 uçun şartnomalar berilişi boşlanişidan 11 kun oldin, “Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” tomonidan 4 dona Saptiva-5 avtomobili uçun muvofiqlik sertifikati berilgan. Ammo 18-22 oktabr kunlari UzAuto Motors'ning içki sinovlaridan şartnoma beriş allaqaçon boşlangan, “Uztest” tomonidan sertifikat ham berilgan Captiva-5 avtomobili şunçaki ötolmay qolgan.
Mavzuga oid
Şu örinda savol tuğiladi: qariyb 30 yildan beri işlab çiqarilayotgan va zamonaviy qulayliklarga ega bölmagan Damas avtomobilining ham texnik darajasi, işonçliligi va xavfsizligi böyiça sinovlar ötkazib turilarmikan?
Umuman olib qarasak, kompaniyaning majburiyatni bajariş imkoniyati yöq, işlab çiqarmayapmiz, deyişining özi absurd. Şu paytgaça ham Malibu'dan tortib, Tracker'gacha faqat import qilib kelişardi, qaysi birini özlari işlab çiqargan, deya e’tiroz bildirmoqda murojaatçilar.
Öktam Qahhorov: Uşbu holat yuzasidan Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga ariza berdim. Agentlik mening manfaatlarimni himoya qilib, UzAuto Motors'ga sörov jönatdi, ammo heç qanday huquqiy asosga ega bölmagan javoblarni berişdi. Şundan söng, kompaniyani fuqarolik sudiga berdik. Dastlabki sud joriy yilning 5 avgust kuni bölişi kerak edi, lekin javobgar kelmagani uçun qoldirildi. 17 avgust kuni ham xuddi şu holat yana takrorlanadi. Uçinçi martasida UzAuto Motors'ning yuristi da’vo arizasini qabul qilmaslikni va sudni yana boşqa muddatga qoldirişni söradi. Törtinçi martasida Qarşi tumanlararo sudi sudyasi men keltirgan dalillarning birortasini inobatga olmadi va da’vo arizamni qanoatlantirmadi.
UzAuto Motors özi tomonidan tayyorlangan içki xulosasini asos sifatida keltirmoqda. Özi işlab çiqarmagan avtomaşinaga “foydalanişga yaroqsiz” degan xulosa beryapti. Aslida uşbu avtomobil Xitoydan import qilinişi kerak edi. Şartnomalar berilişi boşlanişidan avval, “Uztest” tomonidan 2021 yil 17 sentabr kuni Captiva-5 avtomobili uçun muvofiqlik sertifikati berilgan. Unda olib kirilgan 4 dona Captiva avtomaşinasi VIN kodlari bilan körsatilgan.
Jamşid Baxşillayev: Oxiri özim UzAuto Motors'ning koll-markaziga çiqib, ulardan özlari işlab çiqarayotgan ikkita Lacetti-Gentra berişlarini söradim, çunki tölagan pulim yetardi. Bu taklifimni qabul qilişmadi. Faqatgina bitta avtomaşina beramiz, çunki şartnomada şunday körsatilgan, deyişdi. Qiziq jihati, avtomaşina soniga kelganda şartnoma şartlari ularning esiga kelyapti, ammo öşa maşinaning Captiva-5 ekaniga kelganda majburiyatlar eslaridan çiqib qolyapti. UzAuto Motors'da şartnomani bir tomonlama bekor qiliş vakolati yöq.
Keyin Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasiga ariza berdim. Ular avtosalonga Captiva-5 avtomobilini menga yetkazib beriş böyiça körsatma çiqarib berdi. Belgilangan vaqt ötgan bölsa-da, avtosalon majburiyatni bajarmadi. Şundan söng avtosalon qaror yuzasidan Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasining öziga qarşi da’vo bilan çiqdi. Ammo ularning murojaati inobatga olinmadi. Öz navbatida, avtosalonning ma’muriy sudga kiritgan da’vo arizasi ham qanoatlantirilmadi va sud avtosalonning Captiva-5 yetkazib beriş majburiyatini öz kuçida qoldirdi.
Öktam Qahhorov: 11 oydan beri olgan kreditim uçun 30 mlnga yaqin foiz tölovlarini töladim, ammo haligaça maşinani ololmayapman. 26 avgust kuni bölib ötgan sudda avtomobil yetkazib berilmayotgani fors-major holati sifatida baholandi. Vaholanki, UzAuto Motors'ning özi bergan şartnomada fors-major holatlar aniq belgilab qöyilgan va hozirgi kunda keltirilayotgan sabablar bunga kirmaydi.
Jamşid Baxşillayev: Sudda UzAuto Motors vakillari özining içki xulosasini taqdim qildi. Ammo u yerdagi vajlar juda ham kulgili. Oynalar parlanganini rasmga olib körsatişyapti. Vaholanki, issiq-sovuqda barça avtomaşinalar parlanadi. Xulosaga köra, maşina nosoz deb berilyapti. Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, maşinalar import qilinişdan oldin tegişli standartlardan ötişi kerak. Öşa sertifikatga asosan maşina içki bozorga çiqariladi. Xuddi şunday, UzAuto Motors ham maşinalarni şu tarzda sertifikatdan ötkazgan. Hammasi texnik soz maşinalar. Ammo oradan vaqt ötib, ular öz xulosasini yasab, sudga taqdim qildi va sud buni qabul qildi. Ular buni fors-major deb aytişdi. Ammo fors-major holat ikki tomonga ham boğliq bölmagan holat bölişi kerak. Şartnomada qanday holatlar fors-major deb hisoblanişi aniq körsatib qöyilgan.
Qanday manfaatlar közlanganini bilmadim, ammo maşinalar yetkazib berilmayapti. Men vakolatli organlardan sörab qolardimki, bizning davlat taşkilotlari beradigan sertifikatlar kuçlimi yoki qaysidir taşkilotning içki xulosalari ustun turadimi? Agar ularning xulosasi ustun tursa, ertaga biz ham öz içki xulosamiz orqali qonunni aylanib ötiş yöllarini izlaymiz. Agar Captiva-5 avtomaşinasi talablarga mos bölmasa, 1996 yilda olib kelingan Damas avtomaşinasini tekşiruvdan ötkazib, xalqqa bir körsatib beringlar.
Öktam Qahhorov: Aslida Xitoyda işlab çiqarilgan Captiva-5 avtomaşinasi dunyoning bir qator davlatlarida hozir ham sotilyapti. Işlab çiqarişdan olib taşlanmagan. Agar şunday bölganda edi, fors-major holatiga olib kelingan bölar edi. Ammo bugungi kunda bu rusumdagi avtomaşina erkin savdolarda sotilmoqda.
Jamşid Baxşillayev: Şaxsiy tajribamdan aytişim mumkinki, uşbu rusumdagi maşinaning dastlabki modellaridan tortib, hozirga qadar faqat yaxşi tomonga özgarib borgan. Zamonaviylaşdi. Şunday bölgandan keyin, oxirgi model qanaqasiga yomon bölişi mumkin?
Malibu'ni olib köraylik, bizda birinçi deb sotilgan model aslida sakkizinçi avlod hisoblanadi. Ikki deb sotilayotgani esa Amerikada töqqizinçi avlod sifatida köriladi. Bunda ham özgariş faqat yaxşi tomonga qarab borgan. Agar Captiva-5 avtomaşinasini yomon deb hisoblaşsa, ommaviy axborot vositalari iştirokida testdan ötkazib berişsin.
***
Captiva-5 uçun bir yil oldin pul tölab qöygan iste’molçilarning yagona talabi – şartnoma şartlarining bajarilişi. Ular huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlardan qonun ustuvorligini ta’minlab berişni söramoqda.
Öktam Qahhorov: Dilerlar bir neça marta öz xohişingga köra ariza yoz va pulingni qaytarib ol, deyişdi. Şunda nima uçun men ariza yozişim kerakligini aytdim. Axir şartnoma şartlarini ular bajarişmayapti. Şunday ekan özlari bankka qaytarişsin va izoh berişsin. Sababi men avtokredit qilganman. Şunday bölgaç, bir neça marta şu pulga boşqa turdagi avtomobil berişlarini söradim, ammo ular buni rad etişdi.
Oilamiz katta bölgani uçun yetti örinli maşina berişlarini aytdim. Ular menga Damas avtomaşinasini olişimni aytişdi. Bu oşkora masxara qilişdek gap: Captiva-5 uçun pul tölasak-da, Damas olsak. Bu nima degan gap?
Jamşid Baxşillayev: Biz faqat haq-huquqlarimiz ta’minlanişini istaymiz xolos. Agar bizning huquqlarimiz himoya qilinmasa, bu qonunlar kişilarda norozilik kayfiyatini uyğotib qöymaydimi?
Öktam Qahhorov: UzAuto Motors'ga bir neça marotaba bordim. Xodimlari ariza yozdiriş böyiça bosim ötkazişdi. Bunga erişa olişmadi, albatta. Oxirida pulingni ham ololmaysan, maşinadan ham quruq qolasan, degan gaplarni aytişdi. Mana hozir davlatimizda qonun ustuvormi yoki yöqligini körmoqçiman. UzAuto Motors haqida xalqda salbiy fikrlar bölişiga qaramasdan hali ham uning monopoliyasiga çek qöyilgani yöq. Ular esa iste’molçilar huquqlarini poymol qilişdan töxtamayapti.
Jamşid Baxşillayev: Boşqa kompaniyalarda bizning maşinalarimizga raqobatdoş avtomobillar yöq deb öylaysizmi? Bor. Nega unda olib kelişmayapti? Şunday bölgaç, albatta, buni monopol deymiz. Çetdagi mazkur raqobatdoş maşinalarning kirişiga çeklovlar bor. Bunaqada qanday raqobat böladi? Qaçon rivojlanamiz?
Germaniyaga borsangiz, dunyo tan olgan maşinalarini faxrlanib minişadi. Bizda qaçon bunaqa maşinalar işlab çiqariladi? Çetga çiqqaningizda zamonaviy maşinalarga ötirsangiz, uning taklif qilayotgan qulayliklaridan töliq foydalana olmasligimizdan uyalib qolamiz. Çunki bu yangiliklardan xabarimiz yöq. Özbek xalqining sifatli maşina minişga haqqi yöqmi?
Özbekistonda UzAuto Motors taklif qilayotgan narxlarga xorijda ança sifatli avtomobil xarid qilişingiz mumkin. Mana bunaqa holatlar bölganidan keyin, kayfiyatingiz tuşib ketadi. Agar qonunlar UzAuto Motors uçun taalluqli emas bölsa, pastiga yozib berişsin. Ularning içki xulosasi davlat taşkilotining xulosasi va sertifikatidan ham ustun deb, oldindan bildirişsin. Xullas, tanlaş imkoniyati ham yöq.
Biz bir yildan beri sarson bölayotgan, sudma sud yurişdan çarçagan ikki insonning fikr-mulohazalarini keltirib ötdik. Xulosa özingizdan.