Namanganda o‘quvchi o‘qituvchiga hujum qildi
Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. O‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda boshqa bir o‘quvchi ham o‘qituvchiga gultuvak otgani aks etgan.

Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklashgani aks etgan video tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berib, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgani, o‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targanini ma’lum qildi.
Videoda boshqa o‘quvchilar tomonlarni ajratgani, lekin ulardan biri sinfxonadan chiqib ketayotgan o‘qituvchiga gultuvak otganini ko‘rish mumkin.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 19 sentabr kuni Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 29-sonli maktabda, fizika darsida sodir bo‘lgan.
«Fizika fani o‘qituvchisi dars o‘tayotganda o‘quvchi o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit bergan. Shunda o‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga suhbatlashish uchun topshirgan.
Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘quvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi o‘qituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar ularni ajratishga harakat qilgan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tuman IIB bo‘limi va tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari maktabda o‘rganish olib borgan va tegishli tartibda o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, xalq ta’limi bo‘limi va maktab rahbarlariga o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va belgilangan tartib qoidalar asosida do‘stona munosabat o‘rnatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:59 / 10.04.2025