“Özbekiston ham katta oila, yaxşisi ham, yomoni ham özimizniki”
Prezident Şavkat Mirziyoyev:
— Vaqti kelib barça masalalar mahallada hal qilinişiga erişamiz. Mahallalar tinç bölsa, men Toşkentdagi iş kabinetimda tinç ötira olaman. Özbekiston ham katta oila, yaxşisi ham, yomoni ham özimizniki. Biz şu yomonlarni ham töğri yölga soliş ustida işlaşimiz kerak. Bunda mahalla faollarining, oqsoqollar, imomlarimizning roli katta. Yoşlarimizga bugungi kun mohiyatini, tinçligimiz qadrini tuşuntirişimiz kerak. Atrofdagi vaziyat bizni sergaklantirişi zarur.
“Asimmetrik javob: orden beriş, tuğilgan kun bölsa, tuğilgan kun-da!”
Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos:
— Özbekiston prezidenti Mirziyoyev bugun tuğilgan kuni, ya’ni 70 yilligini nişonlayotgan V.Putinni Özbekistonning “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan mukofotlabdi. Iyul oyida V.Putin Özbekiston prezidentini “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan mukofotlagan edi. Asimmetrik javob: orden beriş, tuğilgan kun bölsa, tuğilgan kun-da!
[...] Özbekiston tarafi vazmin va mulohazali javob qaytardi. Ordenni olişdan boş tortiş, bir tomondan boşqalarning (Qozoğiston) işini takrorlaş, ikkinçi tomondan konfliktli demarş bölardi. Birinçi savdo-iqtisodiy hamkor bilan tep-tekis joyda zöriqişga boriş, kimga kerak? Özbekiston tarafi ordenni olib, vaqti kelganda, özining boşqalarga keng beriladigan ordenini berib, munosib javob qaytardi. Çiroyligina şarqona diplomatiya!
“Uztelecom Starlink'dan köra 4-5 barobar tez internetni istalgan xonadonga olib borişi mumkin”
Şerzod Şermatov, AKT vaziri:
— Köpçilik “Ilon Maskning Starlink interneti qaçon bizga keladi?” deb söraydi. Undan 4-5 barobar tez va arzon bölgan internetni Uztelecom hozir istalgan xonadonga olib borib berişi mumkin. Starlink'ka oyiga 100-500 dollar tölaş kerak, bizga unaqa pul tölaş şartmas, arzonroq tölasa, uyiga bemalol olib borib beriladi. Şunaqa imkoniyatimiz bor.
Özbekistonliklar “mobil qullik”dan çiqişiga oz qolgani aytildi










