Senator Konstitutsiyani öqimaganini bildirib qöydimi?

Abira Husaynova, Konstitutsiyada bor qoidani yangi Konstitutsiya loyihasiga kiritişni taklif qilgan senator:

— Ma’lumki, tarixiy-milliy qadriyatlarimiz ham erkaklar, ham ayollar zimmasiga birdek vazifalar qöyadi. Ayrim hollarda bundan bir tomonlama xulosa çiqarilayotgani ham bor gap. Şuning uçun Konstitutsiyada “Xotin-qizlar va erkaklar qonun oldida teng huquqlidirlar”, degan norma kiritilişini taklif qilaman.

Ukrainani qöllagan Özbekistonga şimoldan kelgan iqtisodiy buhron

Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov – sobiq TIV rahbari A.Komilovning Ukraina hududiy yaxlitligini qöllab bergan bayonoti haqida:

— Abdulaziz Komilovning öşa çiqişi Özbekistonning eng dadil çiqişi edi. Biroq öşa çiqişdan keyin biz uçun 1 hafta iqtisodiy buhron boşlandi. Bilasizmi, Özbekistonning şimol tomondan okeanga oçiliş yönalişi 1 haftaga maxsus falajlantirildi.

“Har bir bergan pulimizni oçiq budjet bölib, odamlarning özi tasdiqlasa, qanday yaxşi bölardi”

Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston prezidenti:

— Oçiq budjet böyiça odamlarimiz örganib oldimi? Adolat bölsa, jamiyatda özgariş bölyapti, töğrimi? Bu jarayonga heç kim aralaşmayapti-ku. Tasavvur qilinglar, har bir bergan pulimizni oçiq budjet bölib odamlarning özi tasdiqlasa, qanday yaxşi bölardi. Ön karra köp adolat bölardi, ön beş karra pul qisqarardi.

Minglab Damas'lar yurgan Özbekistonga “Captiva-5” mos kelmas ekan

Jamşid Baxşillayev, UzAuto Motors'ni sudga bergan iste’molçi:

— Davlat taşkilotlari beradigan sertifikatlar kuçlimi yoki qaysidir taşkilotning içki xulosalari ustun turadimi? Agar ularning xulosasi ustun tursa, ertaga biz ham öz içki xulosamiz orqali qonunni aylanib ötiş yöllarini izlaymiz. Agar “Captiva-5” avtomaşinasi talablarga mos bölmasa, 1996 yilda olib kelingan Damas avtomaşinasini tekşiruvdan ötkazib, xalqqa bir körsatib beringlar.