Ozarboyjon Yevropaga gaz eksportini sezilarli darajada oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda respublika prezidenti Ilhom Aliyev 6 oktyabr, payşanba kuni Pragada Ozarboyjon telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, «dunyodagi hozirgi geosiyosiy vaziyat Ozarboyjon resurslariga talabni keskin oşirgan». «Yevropa ittifoqi bilan imzolangan memorandumga asoslanib, biz yaqin yillarda Yevropaga gaz eksportini kamida ikki barobarga oşirişni rejalaştirmoqdamiz. Ya’ni, ötgan yili 9 milliard kub metr bölgan bölsa, 2027 yilda kamida 18 milliard kub metrni taşkil etadi, balki undan ham köproq bölişi mumkin», — deya Aliyevning sözlaridan iqtibos keltirgan AZeRTADJ davlat axborot agentligi.

Uning sözlariga köra, respublika yangi gaz konlarini özlaştirişga kirişmoqda. Şu bilan birga, mavjud konlarda qazib oliş köpaytiriladi. «Ayni paytda, Ozarboyjonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniş katta miqdorda tabiiy gaz zaxiralarini yaratadi», — dedi Ilhom Aliyev.

Boku gazdan taşqari Yevropaga neft va elektr energiyasini eksport qilişni davom ettiradi, deya qöşimça qildi prezident. «Ozarboyjon Yevropa uçun, nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uçun juda muhim strategik energiya hamkoriga aylanadi», - dedi Aliyev.

2022 yil oxirigaça Ozarboyjon Yevropa ittifoqiga 2021 yilga nisbatan 30 foizga köproq tabiiy gaz yetkazib berişni rejalaştirmoqda. 2022 yilda Yevropaga yetkazib berişning umumiy hajmi 12 milliard kub metrni taşkil qiladi, deb xabar qildi avvalroq respublika Energetika vazirligi.

Ozarboyjon bilan bir qatorda Yevropadagi energetika inqirozi fonida Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib berişni Isroil ham oşirişni rejalaştirmoqda. Isroil boş vaziri Yair Lapidning sözlariga köra, mamlakat Yevropa ittifoqiga 2021 yilda Yevropa Rossiyadan oladigan gaz miqdorining taxminan 10 foizini yetkazib bera oladi.

Hozirda Yevropa gaz bozorida tub özgarişlar röy bermoqda. Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzkorligi hamda Rossiya va Ğarb davlatlari örtasidagi sanksiyalar qarama-qarşiligi natijasida Yevropaga kök yonilği yetkazib beriş sezilarli darajada kamaydi.

Yevropa ittifoqi davlatlari Yevropa, Osiyo va Amerikadagi yangi yetkazib beruvçilarga yönaltirilmoqda. Bundan taşqari, suyultirilgan gazdan foydalanişni kengaytiriş, fuqarolar va sanoat korxonalari tomonidan gaz sarfini tejaş, şuningdek, gaz bilan işlaydigan elektr stansiyalari faoliyatini töxtatiş kabi çoralar körildi.