Oliy Majlis Senati bugun, 7 oktyabr kungi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Senatning Sud-huquq va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Narimon Umarovning aytişiça, sönggi yillarda qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa hujjatlar mohiyatini aholiga «sodda tilda tuşuntirişning imkoni bölmayapti».

«Amaliyotda qonun loyihasi umumxalq ovoziga qöyilganida, ovoz beriş byulletenini töldirişning amaldagi tartibi fuqarolarning öz xohiş-irodasini ifoda etiş uçun muayyan murakkabliklarga töla. Muhokamangizga taqdim etilayotgan uşbu qonun mazkur holatlarni bartaraf etiş bilan birga, normativ huquqiy hujjatlarni qabul qiliş zaruriyati, sabablari, maqsadlari va mohiyatini aholiga sodda va tuşunarli tilda yetkaziş hamda ovoz beriş jarayonida fuqarolarning öz xohişlarini töla bildira olişiga şaroit yaratiş uçun işlab çiqilgan», - deydi senator.

Qonun bilan, «Referendum töğrisida»gi qonunning 29-moddasiga özgartiriş kiritilmoqda. Ya’ni «ovoz beruvçining xohiş irodasini «ha»/«yöq» yoki «rozi»/«qarşi» deb körsatiş belgilanmoqda.

Qonunning amaldagi 29-moddasi quyidagiça bayon qilingan:

“Referendumda ovoz beriş byulletenida referendumga qöyilayotgan masalaning matni aniq aks ettiriladi va ovoz beruvçi xohiş-irodasining variantlari körsatiladi.

Referendumga bir neçta masala qöyilganda ular bitta ovoz beriş byulleteniga kiritiladi, ketma-ket raqamlab çiqiladi va biri ikkinçisidan gorizontal çiziqlar bilan ajratiladi. Qonun loyihasi biron-bir moddasining muqobil matnlari ham ketma-ket raqamlab çiqiladi va biri ikkinçisidan gorizontal çiziqlar bilan ajratiladi. Ovoz beriş byulletenida uni töldiriş tartibi töğrisida tuşuntiriş bölişi kerak».

Senatorlar ma’qullagan qonun bilan «Referendum töğrisida»gi qonunning 31-moddasiga kiritilgan özgartiriş uçastkadagi stendda byulleten namunasi va uni töldiriş böyiça yöriqnomani ilişni közda tutadi.

Bundan taşqari, Qonunçilik palatasi reglamentiga doir ayrim tartiblarga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Eslatib ötamiz, yaqin oylar içida Özbekistonda Konstitutsiyani özgartiriş böyiça referendum ötkazilişi kutilyapti.