Hujum Nongbualampxu viloyatida uyuştirildi. Dastlab politsiya Bangkokda berilgan raqamlarga ega oq Toyota avtomobili qidirilayotgani haqida xabar berdi. Söngra, Tailand markaziy tergov byurosi erkak özini öldirgani, bundan oldin xotini va farzandini otib taşlaganini ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, hujum qilgan erkak – 34 yoşli Panya Kamrab. Ötgan yili u giyohvandlik moddasini iste’mol qilgani uçun politsiyadan işdan böşatilgan va hujumdan oldin şu iş böyiça sud mahkamasida iştirok etgan.
Tailand matbuoti xabariga köra, Kamrab ov miltiği, töpponça va piçoq bilan qurollangan. Hujumdan oldin u avtomobilida yölovçilarni bosib ketişga ham uringan.

Voqea tafsilotlari
Hujum poytaxt Bangkokdan 500 km şimolroqda, Nongbualampxu viloyatining qişloq hududida sodir bölgan.
Mahalliy hokimiyat vakillari va guvohlar sözlariga köra, bolalar boğçasi binosida 30 ga yaqin tarbiyalanuvçi bölgan.
Qurollangan erkak tuş paytidan keyin binoga bostirib kirgan va bir neça xodimlarni, jumladan, 8 oylik homilador tarbiyaçi ayolni otib taşlagan.
«Avvaliga odamlar muşakbozlik boşlandi deb öylaşdi», deb guvohlardan birining sözlarini keltirmoqda Reuter.
Politsiya ma’lumotiga köra, dastlab erkak bolalar boğçasiga farzandini izlab borgan va uning yöqligini körib, bezovtalana boşlagan. Keyin quroldan öt oçgan.
Şundan söng, avtomobiliga ötirib, yölovçilar guruhiga urilgan. Uyiga qaytib borgaç, xotini va farzandini öldirgan, deb ma’lumot berdi politsiya vakili Paysan Lyusombun.
Milliy politsiya rahbari general Damrongsak Kittiprapas bayonotiga köra, erkak qonuniy asosda sotib olingan 9 mm kalibrga ega töpponçadan foydalangan. U bir yil oldin giyohvandlik bilan boğliq jinoyati tufayli politsiyadan işdan böşatilgan.
Politsiya fikriga köra, hujum paytida Kamrab amfetamin giyohvandlik vositasi ta’siri ostida bölgan.
Tailand boş vaziri Prayut Çan-Oça jinoyatni qoraladi, qurbon bölganlar oilalariga hamdardlik bildirdi va zudlik bilan tergov ötkaziş haqida topşiriq berdi.












