Qömita xabariga köra, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga Özbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoşlarni yöqlaş birinçi örinda turibdi — 3,2 mln kişi.

Bundan taşqari, dam oliş maqsadida 502,9 ming kişi, öqiş maqsadida 124,1 ming kişi çetga çiqib ketgan.

Şuningdek, davolaniş uçun 36,9 ming kişi Özbekistondan ketgan bölsa, xizmat yuzasidan 11,2 ming kişi çiqib ketgan.

Ma’lumot uçun, 1 oktyabr holatiga 3,9 mln Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.