Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urushda qatnashayotgan Rossiya qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi
Armiya generali Sergey Surovikin Ukrainadagi urushda qatnashayotgan Rossiya qo‘shiniga qo‘mondon qilib tayinlandi.
«Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining qarori bilan armiya generali Sergey Surovikin maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgan hududdagi birlashgan kuchlar guruhi qo‘mondoni etib tayinlandi», — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov.
Iyun oyida Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi janubiy kuchlar guruhiga Sergey Surovikin rahbarlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Sergey Surovikin 2017 yildan beri aero-kosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Tojikistondagi qurolli mojarolarda, Ikkinchi Chechen urushida va Suriyadagi harbiy amaliyotda qatnashgan. 2017 yilda u Suriyadagi harbiy harakatlarda qatnashgani uchun Rossiya Qahramoni unvonini olgan.
Shu paytgacha Ukrainadagi urushda Rossiya qo‘shinlariga kim qo‘mondonlik qilgani haqida rasmiy xabarlar berilmagan edi. Matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, bundan oldin qo‘shinlarga general Aleksandr Dvornikov rahbarlik qilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:13
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58