Uning sözlariga köra, gap yadro uruşining oldini olişi kerak bölgan Ğarbning yangi sanksiyalari haqida ketayotgan edi.
«Dunyo bu holatda sanksiya paketini taqdim qilişi va ularning (Zaporijjya) atom elektr stansiyasini tark etişi uçun barça çoralarni körişi mumkin», deb Zelenskiy sözlarini keltirdi TASS.
Şuningdek, u Rossiyaga qarşi ogohlantiruvçi zarbalar beriş haqidagi sözlari notöğri tuşunilganini va Moskva bu sözlardan «öziga qulay tarzda foydalanib, boşqa yönalişlarga burib yuborganini» aytdi.
Avvalroq, Zelenskiy NATO Rossiya Federatsiyasiga qarşi «ogohlantiruvçi» zarbalar berişi, «Rossiyaning yadroviy zarbalarini kutmasligi» kerakligi haqida gapirgan edi.
«NATO nima qilişi kerak? Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalaniş ehtimolini yöq qilişi kerak.... Ular (yadro qurolidan) foydalansa, nima kutayotganini bilişi uçun ogohlantiruvçi zarbalar (beriş kerak). Aksinça emas. Rossiyaning yadro zarbasini berişini kutib, söngra: «Voy, şunaqa qildingmi, mana senga bizdan!» demaslik uçun. Bosim ötkaziş usulini qayta körib çiqiş lozim. NATO şunday qilişi kerak: foydalaniş tartibini qayta körib çiqişi lozim», degan edi Zelenskiy Avstraliyaning Loui institutida videoaloqa orqali qilgan ma’ruzasida.














