Qrim köprigini portlatiş — Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) operatsiyasi, deb yozdi «Ukrainskaya pravda» huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib. Şuningdek, UNIAN ham huquq-tartibot idoralaridagi öz manbasiga tayangan holda, portlaşga UXX aloqador ekanini yozdi.
Hozirça UXX Qrim köprigidagi portlaş uçun javobgarlikni rasman öz zimmasiga olmadi. UXX matbuot kotibi Artem Degtyarenko bayonotiga köra, idora bunday yangiliklarga izoh bermaydi.
«Biz bu portlaşda UXX yoki Ukrainaning boşqa biror davlat idorasi roli haqida faqat yakuniy ğalabamizdan söng fikr bildiramiz», dedi Degtyarenko.
Ukraina rasmiylari ham portlaşda mamlakat harbiylari yoki maxsus xizmatlari iştirok etgani haqida oçiq bayonot bermadi. Avvalroq, ular Qrim köprigini zarbalar uçun qonuniy nişon sifatida körişini bir neça bor ta’kidlagan edi.
Ukrainaning «Politika strany» telegram kanali yozişiça, portlaş Ukrainaning maxsus operatsiyasi ekani — asosiy versiya. Ammo, uruş eskalatsiyasiga intilayotgan «Kremldagi guruhlar» körsatmasiga binoan, Rossiya maxsus xizmatlari aralaşgan bölişi mumkinligi haqidagi fitna nazariyasini ham ilgari surdi.
Hozirça, Ukraina Mudofaa vazirligi va UXX portlaşga aloqadorligini rasman tan olmadi. Ammo ular aprel oyida «Moskva» kreyserining çökib ketişi yoki avgust oyida Qrimdagi harbiy aerodromdagi portlaşlar uçun javobgarlikni ham darhol öz zimmasiga olmagandi, şu bilan birga, iştirok etganini inkor ham qilişmagan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hodisa sabablarini örganiş uçun hukumat komissiyasini tuzişni buyurdi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi yuk maşinasining köprikda portlaşi böyiça jinoiy iş qözğatdi.
Eslatib ötamiz, 8 oktabr kuni Qrim yarimorolini Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan boğlovçi köprikda yuk ortilgan avtomobil portlab ketişi oqibatida inşootga jiddiy zarar yetkazildi. Köprik böylab temiryöl va avtomobil transportining harakati töxtab qoldi. Milliy antiterroristik qömita hodisani qöporuvçilik harakati deb baholadi.
Rossiya Tergov qömitasi xabariga köra, portlaş oqibatida uç kişi halok böldi. Ularning avtomobili portlab ketgan yuk avtomobilini quvib ötayotganida zarba tölqini ostida qolgan.













