Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida Islandiyaning Loftleiðir kompaniyasi vitse-prezidenti Erlendyur Svavarsson boşçiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bölib ötdi.
Uçraşuvda turli sohalardagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qiliş istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etiş hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantiriş loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş masalalarini körib çiqdi.
Loftleiðir rahbariyati kompaniya xorijdagi sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylaştiriş böyiça katta tajribaga ega ekanini ta’kidladi hamda Özbekiston yirik korxonalarini xususiylaştirişda iştirok etiş niyati, uşbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini körsatişga tayyorligini bildirdi.












