O‘zbekiston | 08:41 / 10.10.2022
9930
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

Sog‘liqni saqlash vazirining “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovasini yangi tahrirda qabul qilish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra xodimlarni yilda ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan soha xodimlari yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, shu bilan birga, gonokokklarga tekshiruvdan o‘tkazilmasligi nazarda tutilmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va davolash-profilaktika muassasalari (ovqat tayyorlash, tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xodimlardan tashqari) dermatovenerolog va RWga tekshirish ko‘rigidan ishga kirishda, keyinchalik ko‘rsatmasi bo‘lganda, ichak infeksiyalarini va gelmintlarni aniqlash uchun tahlillar epidemiologik ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Terapevtik yo‘nalishidagi statsionarlar, ambulatoriya-poliklinika va tez tibbiy yordam muassasalari xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda stomatolog ko‘rigidan, gelmintlarni aniqlash uchun tahlil va tish holatini tekshirish o‘tkazilmaydi. Ushbu soha xodimlar barchasi NBs-Ag, NVC va odam immunitet tanqisligi virusiga qon tekshiruvidan faqat teri va shilliq qavatlar buzilishi, qon va organizm boshqa biologik suyuqliklari bilan ishlovchilar tekshiruvdan o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya muassasalari xodimlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha talablar belgilanmoqda.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan texnik bazasiga hamda ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislarga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan.

Mavzuga oid