Keskin tanqidiy bayonotlar fonida Yevropa ittifoqining Belarusdagi elçisi - nemis diplomati Dirk Şubel Minskdagi öz lavozimini tark etdi. «Belarus hukumati viza va akkreditatsiyani yana bir yilga uzaytirmaslikka qaror qildi, bu esa mandatimni bajarişni juda qiyinlaştirmoqda», — deb yozdi Şubel 11 oktyabr, seşanba kuni özining Facebook’dagi sahifasida.
2019 yildan buyon YeIning Minskdagi missiyasini boşqarib kelayotgan 64 yoşli diplomat öz postida Belarusda 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan söng «inson huquqlari va xalqaro huquqning qöpol tarzda buzilişini» tanqid qildi. Qayd etilişiça, «saylov natijalari soxtalaştirilgan va begunoh odamlarga doimiy zöravonlik bilan amalga oşirilgan».
Şubelga köra, bugun Belarusda 1340 dan ortiq siyosiy mahbus bor, Yevropa ittifoqi ularni heç qanday şartlarsiz zudlik bilan ozod etişni talab qilmoqda. Diplomat 7 oktabr kuni tinçlik böyiça Nobel mukofotini olgan huquq himoyaçisi Ales Belyatskiyni ozod qilişga çaqirdi. Belyatskiyga uşbu mukofot Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari taşkiloti va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi bilan birga berildi.
Yevropa ittifoqi hozirda Aleksandr Lukaşenkoni Belarus prezidenti sifatida tan olmaydi va Belarus muxolifati yetakçilaridan biri, surgundagi Svetlana Tixanovskayani qöllab-quvvatlamoqda. Köpgina belaruslar Tixanovskayani 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida ğolib deb bilişadi.
Dirk Şubelning aytişiça, bundan buyon u Ukraina, Armaniston, Gruziya va sobiq SSSRning boşqa respublikalarida fuqarolik jamiyatini mustahkamlaşga qaratilgan Yevropa ittifoqining Şarqiy hamkorlik dasturida iştirok etadi.












